Prezident Shavkat Mirziyoyev 10−11 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun Samarqandga tashrif buyurdi, deya xabar бермоқда uning matbuot xizmati.

Davlat rahbari tadbir oldidan, an’anadagidek, Imom Buxoriy maqbarasi ziyorat qildi. Qur’on tilovat etilib, duo o‘qildi.

Shuningdek, u birinchi prezident Islom Karimov qabrini ham ziyorat qildi.

Eslatib o‘tamiz, bu 2021 yil noyabr oyida Turkiy Kengash o‘rniga tuzilgan Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammiti bo‘ladi. Tashkilotga Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya va O‘zbekiston a’zo hisoblanadi. Vengriya va Turkmaniston kuzatuvchi maqomida.