AKFA Medline tibbiyot markazi O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash borasida o‘z hissasini qo‘shib, yuqori texnologik davolash usullarini joriy etmoqda, ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishni yaxshilamoqda va tibbiy reabilitatsiya sohasida yangi imkoniyatlarni rivojlantirmoqda.


To‘satdan yurak to‘xtashi sodir bo‘lgan bemorlarni kasalhonaga qadar reanimatsion choralari sifatini yaxshilash uchun klinika mutaxassislari Texasda (AQSh) joylashgan Amerika yurak assotsiatsiyasi tomonidan quyidagi yo‘nalishlarda o‘qitildi va sertifikatni qo‘lga kiritdi:

  • BLS (Basic life support) — yurak massaji tibbiy texnika bo‘lib asosiy hayotni qo‘llab-quvvatlash, bemorlarga birinchi yordam ko‘rsatadigan harakatlar to‘plamini anglatadi;
  • PHTLS (Prehospital Trauma Life Support) — og‘ir shikastlangan bemorlarga klinikagacha yordam ko‘rsatishning butun dunyo bo‘ylab majmuasi;
  • ACLS (Advanced cardiac life support) — yurak to‘xtashiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yoki sabab bo‘lgan hayot uchun xavfli yurak-qon tomir kasalliklarini shoshilinch davolash bo‘yicha klinik ko‘rsatmalar;
  • PALS (Pediatric advanced life support) — Amerika pediatriya akademiyasi va Amerika shoshilinch tibbiy yordam shifokorlar kolleji tomonidan bemor bolalarni parvarish qilish usullari bo‘yicha o‘qitish uchun tashkil etilgan dastur.


American Heart Association — kardiologiya bo‘yicha tibbiy tadqiqotlarga homiylik qiluvchi va yurak kasalliklari tufayli nogironlik va o‘limni kamaytirish uchun tegishli tibbiy yordam darajasini oshirishga yordam beradigan AQShdagi milliy ixtiyoriy notijorat sog‘liqni saqlash tashkiloti.


Ayni paytda AKFA Medline tibbiyot markazi instruktorlari O‘zbekistonda xalqaro miqyosda tan olingan shoshilinch tibbiy yordamning asosiy standartlariga ega: BLS, ACLS, PALS, PHTLS va tibbiyot xodimlari, o‘t o‘chiruvchilar, qutqaruvchilar va politsiya xodimlariga yurak-o‘pka reanimatsiyasi tamoyillarini o‘rgatish huquqiga ega.

Bu borada jahon standartlarining joriy etilishi yurak faoliyati to‘satdan to‘xtab qolganda tibbiy yordam sifatining oshishiga, bemorlarda asoratlarning kamayishiga va yurak-qon tomir kasalliklaridan o‘lim xavfining kamayishiga olib keladi.

Ushbu standartlarning barchasi nafaqat tibbiyot xodimlariga, balki quyidagilarga ham kerak yordam beradi:

  • o‘t o‘chiruvchilar, qutqaruvchilar;
  • qo‘riqchi, militsiya xodimlari;
  • istagan xohlovchi inson.


Agar siz yurak-o‘pka reanimatsiyasining asosiy standartlari bo‘yicha o‘qimoqchi bo‘lsangiz, qo‘shimcha ma’lumotni olish uchun quyidagi telefonlar orqali murojaat qilishingiz mumkin: 1141, (+998) 71−203−30−03.

Facebook: fb.com/akfamedline
Instagram: @akfamedline
Telegram: t.me/akfamedline_uz
Odnoklassniki: ok.ru/akfamedline
Youtube: AKFAMedline

Na pravax reklamы.