8 nobyar kuni prezidentning «O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi» esdalik nishonini ta’sis etish to‘g‘risidagi farmoni qabul qilindi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Nishon bilan mamlakat mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy salohiyatini yuksaltirish, mudofaa qudratini oshirish, Yangi O‘zbekistonda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, inson huquqlari va erkinliklari, qadr-qimmati ulug‘lanadigan adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish va boshqalarga munosib hissa qo‘shib kelayotgan barcha soha vakillari, mehnat faxriylari, harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamda boshqa shaxslar taqdirlanadi.

Foto: O‘zA

Shuningdek, mazkur nishon bilan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident «Imom Buxoriy» ordenini ta’sis etish to‘g‘risidagi qonunni imzolagandi. Bundan tashqari, hukumat qarori bilan «Kinematografiya fidokori» va «Tabiat himoyachisi» ko‘krak nishoni ham ta’sis etilgandi.