Toshkent shahar hokimiyati 3 noyabr kuni E-qaror portalida poytaxt xalq deputatlari Kengashining birinchi yarim yillik budjetidagi tushum va xarajat to‘g‘risida qarorlarni dastlab e’lon qilib, keyin o‘chirib tashladi. Jamoatchilik tanqididan so‘ng hujjatlar qayta tiklandi.

Daromadlar

Toshkent shahar Kengashi 2022 yil biriinchi yarim yillikda poytaxtning davlat budjeti 13,8 trln so‘mni tashkil etib, belgilangan 12,4 trln so‘m prognoz 111 foizga ortig‘i bilan bajarilgan.

Taqdim etilgan statistikaga ko‘ra, mahalliy budjetlar daromadlari 3,2 trln so‘mni tashkil etib, Toshkent shahar va tumanlar mahalliy budjetlari belgilangan 2,8 trln so‘m prognoz 116 foizga bajarilgan, mahalliy budjetda prognozdan tashqari 412,5 mlrd so‘m qo‘shimcha mablag‘ qolgan.

Shuningdek, respublika budjetiga soliq tushumlari bo‘yicha belgilangan prognozdan ortiqcha tushirilgan 907 mlrd so‘m mablag‘ Toshkent shahar mahalliy budjetiga o‘tkazib berilgani ma’lum bo‘ldi.

Prezidentning 31 avgustdagi [PF-213-sonli] farmoniga asosan yer uchastkalariga bo‘lgan hukuklarni sotishdan tushgan 35,6 mlrd so‘m mablag‘ Toshkent shahri mahalliy budjetining daromadlar rejasini oshirib bajarilgan qismiga o‘tkazildi. Buning natijasida 154 mlrd so‘mdan oshiqroq pul tushumlari poytaxt budjetida shakllandi.

Tumanlar kesimida eng yuqori foyda Olmazor (95,6 mlrd so‘m), Yunusobod (93,7 mlrd so‘m) va Yashnobodda (86,2 mlrd so‘m) qayd etildi.

Eng quyi ko‘rsatkichlar esa Bektemir (29,3 mlrd so‘m) va Yangixayot tumanlarida (33,98 mlrd so‘m) ekani ma’lum bo‘ldi.

Xarajatlar

Birinchi yarim yillikda xarajatlar 4,65 trln so‘mni tashkil etib, belgilangan rejaga nisbatan 4 foizga yoki 182,3 mlrdso‘mga ko‘pdir. Shu bilan birga, ijtimoiy sohalarga ajratilgan mablag‘lar rejalashtirilgan miqdorga nisbatan sezilarli darajada qisqargan.

Birinchi yarim yillikda ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga rejalashtirilgan 1,68 trln so‘m o‘rniga 1,55 trln so‘m sarflandi, bu esa 8%ga yoki 126,6 mlrd so‘mga kamdir.

Eng katta «tejamkorlik» sog‘liqni saqlash sohasiga to‘g‘ri keldi, bunda 811,3 mlrd so‘m yo‘naltirish rejalashtirilgan bo‘lsa, amalda 749 mlrd so‘m (-8%ga yoki 61,5 mlrd so‘mga kam) o‘zlashtirildi.

Ta’lim sohasiga 288,3 mlrd so‘m o‘rniga 239,9 mlrd so‘m (-17% yoki 48,3 mlrd so‘mga kam) mablag‘lar yo‘naltirilgan. Maktabgacha ta’limga 22,5 mlrd so‘mga (-24%), umum ta’limga 25,8 mlrd so‘mga (-13%), kadrlar tayyorlashga 85 mln so‘mga (-23%) kam mablag‘ ajratildi.

Madaniyat va sport sohasiga 99,3 mlrd so‘m (-1,2 mlrd so‘m), ilm-fanga 1,2 mlrd so‘m (-110 mln so‘m), kam ta’minlangan va ko‘p farzandli oilalarning ijtimoiy ta’minotiga 75,8 mlrd so‘m (-3,3 mlrd so‘m) yo‘naltirildi.

Shu bilan birga, hokimlik tomonidan obodonlashtirish ishlariga harajatlar tejalmagan. Shaharda bu tarmoq uchun rejalashtirilgan 572 mlrd so‘m o‘rniga (212 mlrd so‘m ko‘p) — 784 mlrd so‘m (+37%) o‘zlashtirildi.

Drenaj ishlarining qiymati 6,3 mlrd so‘mni (-119 mln so‘m) tashkil etdi.

Maktabgacha ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlashga 25 mlrd so‘m sarflandi — bu qariyb yarmi belgilangan summaning 46% yoki 21,2 mlrd so‘mga kam, maktablarni ta’mirlash uchun 60,9 mlrd so‘m, — 38% yoki 37,5 mlrd so‘m kam, sog‘liqni saqlash muassasalarini rekonstruksiya qilish uchun esa — 72,3 mlrd so‘m, -19% yoki 16,9 mlrd so‘m kam) mablag‘ ajratilgan.

Hokimlik budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan qurilish ishlariga qo‘shimcha 264 mlrd so‘m (+38% yoki 73,2 mlrd so‘m) yo‘naltirildi.

Markaziy ko‘chalarni asfaltlash uchun 31,8 mlrd so‘m (+17% yoki 4,6 mlrd so‘m), ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya uchun 16,9 mlrd so‘m (+21% yoki 2,9 mlrd so‘m) yo‘naltirildi.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining hududiy boshqarmalari tomonidan 1,6 mlrd so‘m yoki 33%ga yoki 826 mln so‘m mablag‘ o‘zlashtirildi.

Hokimlikning batafsil ko‘rsatilmagan «boshqa xarajatlari» rejadagi 365,9 mlrd so‘m o‘rniga 619,2 mlrd so‘mni (+69% yoki 253,3 mlrd so‘mga ko‘p) tashkil etdi.

budjet xarajatlarining uchta yo‘nalishi — obodonlashtirish (784 mlrd so‘m), mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan qurilish (264 mlrd so‘m) va boshqa xarajatlar (619 mlrd so‘m) bo‘yicha jami 1,67 trln so‘m (150,3 mln dollar) sarflandi. Bu mahalliy budjetlar barcha xarajatlarining 35,8%ini tashkil etadi.

budjetning qo‘shimcha daromad manbalari hisobidan koronavirusga qarshi emlanganlar o‘rtasida lotereya o‘yinini tashkil etish uchun 1,14 mlrd so‘m, Obodonlashtirish bosh boshqarmasi huzuridagi mahallalar qiyofasini yaxshilash jamg‘armasiga 120 mlrd so‘m, SamAuto LE 60 rusumli 10 dona avtobuslarni xarid qilish uchun 9,26 mlrd so‘m yo‘naltirildi.

Shuningdek, Yashnobod tumani Maxtumquli ko‘chasidan ikki xonali kvartira sotib olish uchun — 560 mln so‘m, «Vecherniy Tashkent» va «Toshkent oqshomi» gazetalarining moliyaviy ahvolini yaxshilash uchun — 1,1 mlrd so‘m va boshqa xarajatlar uchun 2,4 trln so‘m sarflandi.