Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining Telegram kanalida poytaxtning sobiq hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga murojaatnoma e’lon qilinganini inkor etuvchi bayonot e’lon qilindi.

«Gazeta.uz» avvalroq kengash sobiq raisga minnatdorchilik bildirgani haqida yozgan edi.

Kengash rahbari o‘rinbosari Toshpo‘lat Matiboyev o‘z bayonotida deputatlar nomidan sobiq hokimga murojaatnoma e’lon qilinmaganini bildirdi. «Biz bu murojaatni qo‘llab-quvvatlamaymiz» (xabarda ushbu qism ham o‘chirib tashlandi — tahr.), — deyiladi bayonotda.

Shuningdek, kengash kotibiyati o‘z bayonotida 16−17 yanvar kunlari xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining hech qanday yig‘ilishi bo‘lib o‘tmaganini ma’lum qildi.

Quyida xabarning skrinshoti va uning nashr etilganligini tasdiqlovchi kanalga havola e’lon qilinadi.

жаҳонгир ортиқхўжаев, xalq deputatlari kengashи