Avvalroq Toshkent shahrining barcha tumanlarida harbiy dala oshxonalari tashkil etilgandi. O‘zbekiston Mudofaa vazirligi tomonidan bu boradagi ishlar mamlakatning boshqa hududlarida ham davom ettirildi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida isinish punktlari va dala oshxonalari ishga tushirilganini ma’lum qildi.

Ular joylashtirilgan manzillar ro‘yxati Mudofaa — LIVE kanalida e’lon qilindi.