AQShning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Henik O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlariga 225 dona FLIR infraqizil monokulyar taqdim etdi, deya xabar qildi Amerikaning Toshkentdagi elchixonasi matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga. Chegara qo‘shinlari nomidan uskunalarni polkovnik Baxtiyor Mansurov qabul qilib oldi.

Ushbu kuzatuv uskunalari AQSh davlat departamenti moliyalashtiruvchi Yadro qurollarini tarqatmaslik va qurolsizlanish jamg‘armasi doirasida sovg‘a qilindi. Qiymati 600 ming dollarga teng uskunalar AQShning xavfsizlik sohasida O‘zbekistonga ko‘rsatayotgan yordamining bir qismi hisoblanadi.

Edchixona ushbu topshirilayotgan kuzatuv uskunalari O‘zbekiston davlat chegarasini muhofaza qilish va «yashil chegara»ni qo‘riqlashda chegara qo‘shinlarining imkoniyatlarini oshiradi hamda chegaradagi voqea-hodisalarga tezkor javob qaytarish imkonini berishiga umid bildirdi.

ақш elchixonasi, дхх chegara qo‘shinlari, infraqizil monokulyar

1994 yili tashkil etilgan Yadro qurollarini tarqatmaslik va qurolsizlanish jamg‘armasi AQSh hukumatiga zudlik bilan qaror qabul qilishni talab etuvchi qurol tarqalishining oldini olish va qurolsizlanish sohasidagi kutilmagan va murakkab vaziyatlarda operativ javob qaytarishga imkon yaratadi.

Eslatib o‘tamiz, AQSh elchixonasi 2022 yilning aprelida O‘zbekiston DXX Chegara qo‘shinlariga 50 dona Toyota Hilux va Fortuner avtomobillarini topshirgan edi.

Ma’lumot uchun, infraqizil monokulyar — infraqizil (issiqlik) nur taratuvchi manbalarni aniqlash maqsadida qo‘llaniladigan uskuna bo‘lib, ayniqsa qorong‘ulikda jonli mavjudodlar, insonlarni aniqlash imkonini beradi.