Havo haroratining keskin tushib ketishi munosabati bilan Mudofaa vazirligi tomonidan Toshkent shahri hududlarida harbiy dala oshxonalari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, poytaxt va tuman hokimliklari bilan hamkorlikda tashkil etilgan harbiy dala oshxonalarida fuqarolarga issiq choy va yeguliklar taklif etilmoqda. Shuningdek, ularning vaqtni mazmunli o‘tkazishlari uchun kitoblar, ko‘ngilochar vositalar, shaxmat va shashka o‘yinlari ham tashkil etilgan.

Harbiy dala oshxonalari tashkil etilgan hududlar ro‘yxati:

  • Mirzo Ulug‘bek tumani — «Alisherobod» va «Olimlar mahallasi» (90−074−63−66, 91−773−02−42);
  • Mirobod tumani — «Birodarlik» va «Parvona» mahallalari (88−548−19−74, 97−293−80−30);
  • Yakkasaroy tumani — «Bobur» va «Boshliq» mahallalari (99−817−79−56, 99−837−79−56);
  • Olmazor tumani — «Quyosh» va «Shodiyona» mahallalari (97−759−91−77, 97−749−92−46);
  • Yangihayot tumani — «Navqiron» mahallasi (77−019−22−19);
  • Uchtepa tumani — «Ko‘hna cho‘ponota» va «Vatan» mahallalari (00−244−42−29, 88−244−42−29);
  • Chilonzor tumani — «Sharaf» mahallasi (97−484−92−73);
  • Yashnobod tumani — «Jarboshi» va «Shironobol» mahallalari (99−494−95−14, 97−034−00−52);
  • Yunusobod tumani — «Otchopar I» va «Posira» mahallalari (97−463−08−75);
  • Shayxontohur tumani — «Yangi Beltepa» mahallasi (97−345−09−82);
  • Sergetli tumani — «Xonobod» va «Sadoqat» mahallari (99−052−66−83, 99−324−73−06).

Bundan avval, Shavkat Mirziyoyev 16 yanvardagi yig‘ilishda «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasidan yolg‘iz qariyalar, ko‘p farzandli ehtiyojmand oilalarga issiq kiyim, oziq-ovqat tarqatish, eng og‘ir hollarda ularni sharoiti bor joylarga joylashtirish, mahallalarda issiq ovqat tarqatish punktlarini tashkil etishni topshirgandi.

Bir necha kun avval Toshkent hokimligi tomonidan aholiga to‘yxonalarda bepul osh tarqatish yo‘lga qo‘yilgandi. «Gazeta.uz» osh tarqatilayotgan to‘yxonalardan reportaj tayyorlagandi.