O‘zbekistonda UzAuto Motors kompaniyasi avtomobillarining narxi tushadi. Bu haqda avtomobil ishlab chiqaruvchisi matbuot xizmati xabar qildi.

2023 yil yanvardan QQS stavkasi 15 foizdan 12 foizgacha pasaygani munosabati bilan kompaniya xaridorlarga avtomobil narxi pasaytiradi.

«Avtomobil narxining pasayishi bugungi kunga qadar jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan tuzilgan hamda shartnoma shartlariga muvofiq to‘lovni amalga oshirgan amaldagi shartnomalarga nisbatan qo‘llaniladi», — deyiladi xabarda.

Xaridorlar shartnoma bo‘yicha avtomobil narxining qanchaga pasaygani haqida ma’lumot olish uchun o‘z dilerlik markaziga murojaat qilishlari lozim.

UzAuto Motors2 matbuot xizmatining ta’kidlashicha, shartnoma tuzgan va shartnomaga muvofiq bir hafta ichida avans to‘lovini amalga oshirgan (muddat Yangi yil bayramlari munosabati bilan uzaytirilishi mumkin) xaridorlarga QQS summasidan chegirma beriladi.

17 yanvardan UzAuto Motors avvalroq tuzilgan shartnomalar bo‘yicha mijozlarga avtomobillar berishni tiklagani haqida xabar qilingan edi. Biroq kompaniya shartnomalarni berish qayta tiklanganidan keyin ehtimoliy narx oshishi bo‘yicha izoh bergani yo‘q.