Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tayotgan taekvondo sport turi bo‘yicha Fujairah Open-2023 musobaqasining dastlabki kunida O‘zbekiston kattalar terma jamoasi a’zolari 9 ta medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Taekvondo federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Turnirda 34 ta davlatdan kelgan 405 sportchi dayanga chiqdi. Unda ilk marotaba o‘zbekistonlik sportchilar jamoasi bitta musobaqada 6 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Oltin medal olgan sportchilar:

  • Madinabonu Mannopova (-49 kg);
  • Feruza Sadikova (-67 kg);
  • Svetlana Osipova (+73 kg);
  • Omonjon Otajonov (-54 kg);
  • Ulug‘bek Rashitov (-74 kg);
  • Nikita Rafalovich (-87 kg).

Kumush medal sovrindorlari:

  • Najmiddin Qosimxo‘jayev (-68 kg);
  • Ozoda Sobirjonova (-62 kg).

Bronza medal egasi:

Niyaz Po‘latov (-68 kg).

8 fevralgacha musobaqaning navbatdagi bosqichlari o‘tkazilib, o‘smirlar va bolalar toifasida sovrindorlar aniqlanadi.