Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida 600 MVt quvvatga ega fotoelektr stansiyasi quriladi, deya xabar berdi Innovatsion rivojlanish agentligi.

Qayd etilishicha, 3-fevral kuni Germaniyaning Graess Energy Uzde kompaniyasi, Surxondaryo viloyati hokimligi va innovatsion rivojlanish hududiy boshqarmasi o‘rtasida Jarqo‘rg‘on tumanida 600 MVt quvvatga ega innovatsion fotoelektr stansiyasini barpo yetilishi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan kelishuvga yerishilgan.

Loyiha qiymati 500 million AQSh dollarni tashkil etadi.

Bundan avval, Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida 98 mln dollar evaziga quvvati 100 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi qurilishi haqida xabar berilgandi.

Shuningdek, Sirdaryo IESda quvvati 1,3 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirilgandi.