Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidentiga hamdardlik yo‘lladi

Turkiyada 7 balli zilzila ro‘y berib, oqibatda ko‘plab odamlar halok bo‘ldi. Shavkat Mirziyoyev prezident Rejep Tayyip Erdog‘anga hamdardlik yo‘lladi. O‘zbekiston TIV hozircha zilzilada o‘zbekistonliklar jabrlangani bo‘yicha murojaat kelib tushmaganini ma’lum qildi.

O‘zbekiston Turkiyaga gumanitar yordam va qutqaruvchilarni jo‘natadi

O‘zbekiston Turkiyaga zilziladan jabr ko‘rganlar uchun gumanitar yordam va Favqulodda vaziyatlar vazirligining bir guruh qutqaruvchilarini jo‘natadi.

O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi Turkiyadagi fuqarolarga murojaat yo‘lladi

O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi Turkiyaning janubiy viloyatlarida bo‘lib turgan fuqarolarga murojaat qildi. Ko‘chada qoling, lekin binolar yonida turmang, ochiq joyga o‘ting, — deyiladi xabarda.

«O‘zining brendini yaratsa, xalqning o‘zi boqadi». SSV rahbari — shifokorlarning oyligi kamligiga yechim haqida

Sog‘liqni saqlash vaziri oyligi kundalik xarajatlariga yetmayotgan shifokorlarga kutilmagan taklif bilan chiqdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bemor mehr bilan davolansa, o‘zi rozi bo‘lib, barakasini berib ketadi. «O‘zini brendini yaratsa, xalqning o‘zi boqadi», — dedi Amrillo Inoyatov.

«Bemor bergan mablag‘ni e’tirof etish mamlakat siyosatiga zid». Antikorrupsiya agentligi jamoatchilik kengashi SSV rahbarining taklifi haqida

SSV rahbari oyligi xarajatlariga yetmayotgan shifokorlarga «bemorga mehr bilan yondashsangiz, o‘zi sizga berib ketadi» mazmunida taklif bildirgandi. Antikorrupsiya agentligi huzuridagi jamoatchilik kengashiga ko‘ra, bu mamlakat siyosatiga zid harakat va tizimga xalqning ishonchi kamayishiga sabab bo‘ladi.

12 yoshli qizning jasadi topilgan hududda obodonlashtirish ishlari boshlandi

Yangihayot tumanida 12 yoshli qizning jasadi topilgan tashlandiq hududni obodonlashtirish ishlari boshlandi. Hududdagi daraxtlarning ortiqcha shoxlari olinib, yo‘llar ochiladi, chiroqlar o‘rnatiladi. Avvalroq marhumaning buvisi ko‘chalar yoritilmasligi, kameralar yo‘qligidan shikoyat qilgandi.

Namanganda fuqaro ekstremistik g‘oyalarni targ‘ib qiluvchi virtual guruh ochganlikda gumonlanmoqda

Namanganda fuqaro Telegram`da ekstremistik g‘oyalarni targ‘ib qiluvchi 9 kishilik guruh ochib, unda Suriyadagi «Tavhid va jihod katibasi» terroristik tashkiloti safiga qo‘shilishga da’vat qilib kelgani aytilmoqda. Holat bo‘yicha jinoyat ishi ochildi.

Polat Shamshetov yurak xurujidan vafot etgan — Bosh prokuratura

Bosh prokuratura Nukus voqealari bo‘yicha sudlangan Polat Shamshetov o‘limi yuzasidan tayinlangan sud-tibbiy ekspertizasi natijasini e’lon qildi. Unga ko‘ra marhum o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi, o‘tkir yurak-qon tomiri yetishmovchiligi oqibatida vafot etgan.

O‘zbekistondan AQSh vizasi uchun berilgan arizalarning 47 foizi rad etildi

AQSh 2022 yilda turistik va ishbilarmonlik vizasi uchun o‘zbekistonliklar topshirgan arizalarning 47 foizini rad etdi, bu 2021 yilga nisbatan yomonroq, biroq avvalgi yillarga qaraganda yaxshiroq ko‘rsatkich sanaladi.

Hafta yarmidan havo yana soviy boshlaydi

O‘zbekistonda 6−8 fevral kunlari havo iliq bo‘ladi. Harorat +20 darajagacha ko‘tariladi. Biroq hafta o‘rtasida mamlakatga Rossiyadan sovuq antitsiklon kirib keladi. Kunduzi harorat −2 daraja, kechasi -12 darajagacha pasayishi mumkin.

Fransiya kompaniyasi Toshkentdagi obyektlarga quyosh panellari o‘rnatadi

Toshkent shahri hokimi o‘rinbosarlari Fransiya kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda poytaxtdagi qator obyektlarga quyosh panellarini o‘rnatishga qaratilgan loyiha muhokama qilindi. «Loyihaning texnik, iqtisodiy va huquqiy hujjatlari takomiliga yetkazilmoqda», — deyiladi axborotda.

Toshkent va Jizzaxda sodir bo‘lgan 4 ta YTHda 4 kishi vafot etdi

27−30 yanvar kunlari oralig‘ida Toshkent shahri va Jizzax viloyatida odam o‘limi bilan bog‘liq 4 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Oqibatda 4 nafar fuqaro vafot etgan, 2 nafari jarohatlangan.

O‘zbekistonda «Tashabbusli budjet»ning yangi mavsumi boshlandi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi tashabbusli budjetlashtirishning yangi mavsumi boshlanganini e’lon qildi. Unda fuqarolar infratuzilma, yo‘l, maktab va boshqa obyektlarni yaxshilash bo‘yicha loyihalarni taklif etib, mahalliy budjetning bir qismini taqsimlashda ishtirok etadi. Takliflar 26 fevralgacha qabul qilinadi.

Nukus voqealari bo‘yicha yangi sud jarayoni boshlandi. 39 nafar sudlanuvchiga ayblov e’lon qilindi

O‘tgan yozda Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan voqealarda ishtirok etganlikda gumon qilingan yana 39 nafar fuqaro ustidan Buxoroda sud jarayoni boshlandi. Ular orasida bank huquqshunosi, advokat, jurnalistlar, haydovchilar, ishsizlar va boshqalar bor. Ularga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Qashqadaryoda «Agrobank» filiali mansabdorlari salkam 4 mlrd so‘mni talon-toroj qilgani aytilmoqda

«Agrobank» ATB Qamashi tumani filiali mansabdor shaxslari salkam 4 mlrd so‘mni o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganlikda gumonlanmoqda. Tergov davomida ularning 3 nafariga qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

«Bu bankni obro‘sizlantirish hisoblanadi». «Agrobank» Qashqadaryo viloyati prokuraturasi tarqatgan xabarga munosabat bildirdi

«Agrobank» ATB Qashqadaryo viloyati prokuraturasi tarqatgan bankning Qamashi filiali tomonidan 4 mlrd so‘m talon-toroj qilingani haqidagi xabarga munosabat bildirdi. «OAV orqali ma’lumot tarqatish shaxsning huquqini poymol qilish va bankni obro‘sizlantirish deb hisoblanadi», — deyiladi xabarda.

O‘zbekiston va Ispaniya o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin

O‘zbekistonning Madriddagi elchixonasida Ispaniya sayyohlik kompaniyalaridan biri bilan ikki davlat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri va charter reyslarini yo‘lga qo‘yish muhokama qilindi. Bu bo‘yicha bir necha soha vakillari uchun infotur tashkillashtirish masalasini ham ko‘rib chiqildi.

«Gazeta.uz»da e’lon qilingan maqola va fotoreportajlar:

Foto: Benzinga navbat

Avvallari yilda bir yo ikki marta ro‘y beradigan narx o‘sishi arafasida kuzatiladigan, so‘nggi 5−6 yilda esa «avvalgi zamon»da qolib ketgandek tuyulgan benzinga navbatlar bu yilgi qish mavsumida yana kun tartibiga qaytdi. «Gazeta.uz» muxbiri Toshkent AYOQSHlardagi navbatlarni fotosuratlarga muhrladi.

«Katta Langar — jannatmonand joy». O‘zbekistondagi tog‘ qishlog‘i Ildar Sadikov fotonigohida

Ildar Sadikov — toshkentlik janr va strit-fotosuratchilardan. U O‘zbekistonning chekka hududlariga ko‘p sayohat qiladi va mahalliy aholi hayotini suratga oladi. Shunday joylardan biri — Shahrisabzdan 70 km masofada joylashgan, o‘zgarmay kelayotgan arxitekturasiga beton xavf solayotgan Katta Langar qishlog‘idir.