Surxondaryoda fuqaroga kuch ishlatgan IIB xodimiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
20 may 2023, 14:06

Surxondaryoda fuqaroga kuch ishlatgan IIB xodimiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Muzrabot tumanida mastligi aytilgan erkakni urib, unga kuch ishlatgan IIB xodimi “mansab vakolatidan chetga chiqqan” deb topildi va harakatlari yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergovning borishini prokuratura nazoratga olgan.

AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi. Rossiya esa 500 amerikalikning mamlakatga kirishini taqiqlab qo‘ydi
20 may 2023, 13:40

AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi. Rossiya esa 500 amerikalikning mamlakatga kirishini taqiqlab qo‘ydi

AQSh Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi: “qora ro‘yxat”da 100 dan ortiq kompaniya, o‘nlab jismoniy shaxslar, shuningdek, eksport embargosi ostida bo‘lgan 1000 dan ortiq turli tovarlar mavjud. Rossiya TIV bunga javoban 500 nafar amerikalik, jumladan, Barak Obamaning mamlakatga kirishini taqiqladi.

Surxondaryoda 110 mlrd so‘mlik sanatoriy qurilmoqda
20 may 2023, 12:12

Surxondaryoda 110 mlrd so‘mlik sanatoriy qurilmoqda

Kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan Surxondaryoning Sariosiyo tumanida 200 o‘rinli sanatoriy qurilmoqda. 7 qavatli binoning umumiy qiymati 110 mlrd so‘mga teng.

Toshkentda rashk sababli ichki ishlar inspektorini o‘ldirgan erkak 14,5 yilga qamaldi
20 may 2023, 11:06

Toshkentda rashk sababli ichki ishlar inspektorini o‘ldirgan erkak 14,5 yilga qamaldi

2022-yilda Olmazor tumani IIO inspektorini o‘ldirgan shaxs 14 yil 6 oyga qamaldi. Sudlanuvchiga ko‘ra, u turmush o‘rtog‘i inspektorning mashinasiga chiqqanidan so‘ng rashk sababli qotillikka qo‘l urgan.

Toshkent viloyatida yo‘l qoidabuzarliklarini 360 gradusda aniqlovchi qurilma ishga tushdi
20 may 2023, 10:44

Toshkent viloyatida yo‘l qoidabuzarliklarini 360 gradusda aniqlovchi qurilma ishga tushdi

Toshkent viloyatida YPX xodimlarining mashinalariga 360 darajada qoidabuzarliklarni aniqlovchi maxsus qurilma o‘rnatildi. U tezlikni oshirgan, svetoforga amal qilmagan, to‘xtash, to‘xtab turish va boshqa qoidalarni buzgan mashinalarni aniqlaydi.

Toshkentdagi maktabda chiqindilardan tayyorlangan liboslar tanlovi o‘tkazildi
20 may 2023, 10:27

Toshkentdagi maktabda chiqindilardan tayyorlangan liboslar tanlovi o‘tkazildi

Miroboddagi 147-maktabda plastik idishlar, polietilen paketlar, konfet o‘ramlari va boshqa materiallardan tayyorlangan liboslar tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tadbirdan maqsad bolalar va kattalar e’tiborini ekologik muammolarga qaratish, deydi maktab direktori.

Odam savdosida gumonlangan ayol Malayziyadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi
20 may 2023, 09:25

Odam savdosida gumonlangan ayol Malayziyadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

Qizlarni aldov yo‘li bilan olib borib, ularni fohishalikka majburlashda ayblanayotgan ayol Kuala-Lumpurdan Toshkentga olib kelindi.

Nima tayyorlaymiz: O‘rikli pishiriqlar
20 may 2023, 08:54

Nima tayyorlaymiz: O‘rikli pishiriqlar

O‘rik qo‘shib tayyorlangan tvorogli pirog, mevali desert, o‘rikli galeta, keks va boshqalar — Zira.uz shirin va foydali mevalardan biri bo‘lgan o‘rikli pishiriqlar ro‘yxatini taqdim etadi.

Sirdaryoda EXEED avtomobil zavodi ishga tushirildi
19 may 2023, 22:22

Sirdaryoda EXEED avtomobil zavodi ishga tushirildi

Sirdaryoda EXEED avtomobillarini ishlab chiqarish zavodi ishga tushirildi. Zavodda uchta EXEED premium modeli — LX va TXL krossoverlari va VX yo‘ltanlamasini ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda. Brend ishlab chiqaruvchisi esa Asaka Motors hisoblanadi.

19-may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
19 may 2023, 22:00

19-may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Prezident saylovini o‘tkazish uchun 174,1 mlrd so‘m ajratilishi, kambag‘allikni qisqartirishda 4 ta asosiy yo‘nalish, Nukus voqealari bo‘yicha apellyatsiya sudi tafsilotlari, O‘zbekiston budjetini qo‘llab-quvvatlash uchun Germaniyaning KfW bankidan 500 mln yevro kredit va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.

IFC Toshkentda elektr energiyasini taqsimlash tizimini modernizatsiya qilishga yordamlashadi
19 may 2023, 21:51

IFC Toshkentda elektr energiyasini taqsimlash tizimini modernizatsiya qilishga yordamlashadi

Xalqaro moliya korporatsiyasi O‘zbekistonga Toshkentning energiya taqsimlash tizimini modernizatsiya qiluvchi investorni aniqlash bo‘yicha xalqaro tender o‘tkazishda yordamlashadi.

“Dunyoga barqaror, farovon Markaziy Osiyo kerak” — Si Szinpin
19 may 2023, 19:58

“Dunyoga barqaror, farovon Markaziy Osiyo kerak” — Si Szinpin

Xitoy rahbari Si Szinpin Sian shahrida bo‘lib o‘tgan sammitda Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo va energetikani rivojlantirishga chaqirdi hamda hamkorlikning sakkiz yo‘nalishini taklif qildi.

Guzar Market Turkiya Trendyol kompaniyasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi
19 may 2023, 19:00

Guzar Market Turkiya Trendyol kompaniyasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi

Turkiyaning Trendyol kompaniyasi va Guzar kompaniyalar guruhi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Shavkat Mirziyoyev jami 3,3 mlrd dollarlik 15 ta loyihani ishga tushirdi
19 may 2023, 18:32

Shavkat Mirziyoyev jami 3,3 mlrd dollarlik 15 ta loyihani ishga tushirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ramziy tugmani bosib, 3,3 mlrd dollarlik 15 ta loyihani — avtomobil va elektromobillar, metall mahsulotlari, tibbiy buyumlar ishlab chiqarish va boshqa quvvatlarni ishga tushirdi va yangi korxonalar qurilishiga start berdi. Shuningdek, u Xitoy biznesi vakillari bilan ham uchrashdi

O‘zbekiston hukumatining kambag‘allikni qisqartirishdagi 4 ta asosiy yo‘nalishi ma’lum qilindi
19 may 2023, 17:20

O‘zbekiston hukumatining kambag‘allikni qisqartirishdagi 4 ta asosiy yo‘nalishi ma’lum qilindi

Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov hukumatning kambag‘allikka qarshi kurashishdagi asosiy yo‘nalishlarini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, qishloq xo‘jaligini isloh qilish, qishloqlarda tadbirkorlikni yaxshilash, infrastrukturani rivojlantirish hamda urbanizatsiyani qo‘llab-quvvatlash ustuvor yo‘nalishlar hisoblanadi.

Sud Bosh prokuraturadan Tajimuratovning qiynoqlar haqidagi bayonotini tekshirishni so‘radi
19 may 2023, 17:13

Sud Bosh prokuraturadan Tajimuratovning qiynoqlar haqidagi bayonotini tekshirishni so‘radi

Qoraqalpog‘iston voqealari bo‘yicha apellyatsiya sudida asosiy figurant Dauletmurat Tajimuratov suddan Xorazm huquq-tartibot idoralaridan “Nukusda Ichki ishlar vazirligida qiynoqlar bo‘lganmi yoki yo‘q?” savoliga javob olishni so‘radi. Sud Bosh prokuraturaga ichki ekspertiza o‘tkazish uchun xat yubordi.

O‘zbekistonda Chery gibrid va elektromobillarini ishlab chiqarilishi boshlanadi
19 may 2023, 17:00

O‘zbekistonda Chery gibrid va elektromobillarini ishlab chiqarilishi boshlanadi

Yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilardan biri bo‘lgan ADM JIzzakh kompaniyasi Chery International bilan hamkorlikda gibrid avtomobillar va elektromobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yganini ma’lum qildi.

O‘zbekistonda birinchi Wildberries saralash markazi ochildi
19 may 2023, 16:17

O‘zbekistonda birinchi Wildberries saralash markazi ochildi

Toshkent viloyatida Wildberries kompaniyasining saralash va logistika markazi faoliyatini boshladi. Endilikda o‘zbekistonlik tadbirkorlar o‘z mahsulotlarini ushbu marketpleysda sotishlari mumkin.

“Hududgaz Toshkent” filialining 2 muhandisi pora olishda gumonlanib ushlandi
19 may 2023, 15:36

“Hududgaz Toshkent” filialining 2 muhandisi pora olishda gumonlanib ushlandi

“Hududgaz Toshkent” gaz ta’minotining 2 nafar yetakchi muhandisi jarima rasmiylashtirmaslik evaziga 8 ming dollar pora olganlikda gumon qilinib, qamoqqa olindi.

Italiyada toshqinlar oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi, minglab odamlar evakuatsiya qilindi
19 may 2023, 14:33

Italiyada toshqinlar oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi, minglab odamlar evakuatsiya qilindi

Italiya shimolidagi yirik suv toshqini sababli 13 kishi halok bo‘ldi, 13 mingdan ortiq aholi uylarini tashlab ketdi. Tabiiy ofat mamlakatda so‘nggi 100 yildagi eng halokatlisi deb baholanmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting