O‘zbekistondagi yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilardan biri bo‘lgan ADM JIzzakh, Chery International bilan hamkorlikda gibrid avtomobillar va elektromobillar ishlab chiqarishni boshlanishini e’lon qildi.

Qaror ADM JIzzakh rahbariyatining Xitoyning yetakchi avtomobil ishlab chiqaruvchilardan biri bo‘lgan Chery kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuvidan so‘ng qabul qilindi.

chery, реклама

Uchrashuv natijalariga ko‘ra, Chery ADM JIzzakh bilan birgalikda avtomobillarni to‘liq siklda ishlab chiqarish, shu jumladan kuzovlarni payvandlash, bo‘yash, yig‘ish va avtomobillarni sinovdan o‘tkazishni (CKD) tashkil etish niyatini tasdiqladi.

chery, реклама

O‘zbekistondagi ADM JIzzakh tomonidan CKD uslubida yig‘iluvchi modellar tomonlarning O‘zbekiston avtomobil bozorini tahlil qilishi natijalariga ko‘ra tanlanadi, shunga qaramay, modellar qatori quyidagi platformalardan iborat bo‘ladi deb taxmin qilinmoqda:

  • Tiggo oilasi, shu jumladan gibrid modellar (PHEV);
  • Arrizo oilasi, shu jumladan gibrid modellar (PHEV);
  • elektromobilar.

chery, реклама

Chery kompaniyasining rejalariga muvofiq modellar qatori doimiy ravishda yangilanib boradi.

Muzokaralar davomida tomonlar, yangi ish o‘rinlari yaratish va mamlakat iqtisodiyotini rag‘batlantirish imkoniyatlarini yaratuvchi O‘zbekistondagi ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish imkoniyatlarini ham muhokama qildilar.

Bundan tashqari, ADM JIzzakh va Chery kompaniyasi vakillari O‘zbekiston bozori uchun mavjud bo‘lgan Chery avtomobillari modellari qatorini kengaytirish imkoniyatini ko‘rib chiqdilar. Bu kam chiqindilar chiqaruvchi va energiyadan samarali foydalanuvchi avtomobillarga ortib borayotgan talabni qondirish imkonini beradi.

chery, реклама

Chery bilan bu boradagi hamkorlik O‘zbekistonda ekologik toza texnologiyalardan foydalanishni rivojlantirishda muhim omil bo‘ladi. Ushbu hamkorlik orqali iste’molchilar xalqaro sifat va ekologik xavfsizlik standartlariga javob beradigan keng turdagi avtomobillardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

ADM JIzzakh innovatsiyalarga va o‘z mahsulotlarini yaxshilashga, shuningdek, xalqaro bozorlarda o‘z ishtirokini kengaytirishga intilib kelmoqda. Chery bilan hamkorlikda kompaniya o‘zbek va xalqaro iste’molchilar talablariga javob beradigan yangi avlod avtomobillarini yaratish ustida ish olib boradi.

Telefon: (+998) 71−276−55−55.

Sayt: cheryauto.uz
Facebook:fb.com/CheryUzbekistan
YouTube Sheryuzbekistan
Instagram: @cheryuzbekistan
Telegram: t.me/cheryuzbekistan
Telegram-bot: t.me/cheryuzbekistanbot

Reklama huquqlari asosida.