Guzar kompaniyalar guruhi Turkiyaning Trendyol kompaniyasining O‘zbekistondagi rasmiy eksklyuziv hamkoriga aylandi.

Bugungi kunda Trendyol Turkiyada faoliyat yuritayotgan yirik savdo platformalaridan biri, shuningdek, hamyonbop kiyim-kechaklar va poyabzal ishlab chiqaruvchi kompaniyalardan biri hisoblanadi.

Hamkorlik uchrashuvi 17-may kuni Anqarada bo‘lib o‘tdi. Unda Guzar kompaniyalar guruhi asoschisi Xurshed G‘iyosov va Trendyol kompaniyasi Ijroiya kengashi a’zosi Ozan Asar ishtirok etib, muxim hujjatlarni imzolashdi.

“Ushbu hamkorlik har ikki tomon uchun samarali bo‘lishiga ishonchimiz komil”, — dedi Ozan Asar.

Endilikda o‘zbekistonliklarda nafaqat Guzar Market, balki Turkiyaning Trendyol kompaniyasi platformasida ham nozik didlarga xos sharqona uslubdagi mahsulotlarni harid qilish imkoniyati mavjud.

Sayt: guzar.market

Reklama huquqlari asosida.