Har yili 18-may kuni dunyoning 150 dan ortiq mamlakatida Xalqaro muzeylar kuni nishonlanadi. Ular orasida O‘zbekiston ham bor. Kun munosabati bilan muzeylar tashrif buyuruvchilarni bepul qabul qiladi. “Gazeta.uz”da ham muzey va ko‘rgazmalar haqidagi materiallar ko‘p. Tahririyat ana shu manzillarga onlayn sayohat qilishga taklif etadi.

Bir xonaga jamlangan bir asrlik tarix — “O‘zgidromet” muzeyiga sayohat

muzeylar, sayohat

Bundan 102 yil avval O‘zbekistonda gidrometeorologiya xizmati tashkil etilgan edi. Xizmatning 75 yillik yubileyida — 1996-yilning 7-may kuni “O‘zgidromet” muzeyi ochilgan. “Gazeta.uz” 400 ga yaqin eksponati bilan “O‘zgidromet”ning bir asrdan ko‘proq davom etgan faoliyatini ko‘rsatib beruvchi muzey bilan tanishtiradi.

Muzey “O‘zgidromet” xizmatining Yunusobod tumanidagi asosiy binosi ichida joylashgan. Birgina xonadan iborat bo‘lishiga qaramay, ko‘plab fotosuratlar, hujjatlar, turli davrlarda foydalanilgan gidrometeorologik asboblar kolleksiyasini jamlagan muassasa xizmatning bir asrlik tarixini jonli ko‘rsatib bera oladi. Manzil.

Tavalludiga 120 yil to‘lgan adib — G‘afur G‘ulom uy-muzeyiga sayohat

muzeylar, sayohat

Muqimiy teatri oldidan boshlanadigan Arpapoya ko‘chasi bo‘ylab biroz yursangiz, G‘afur G‘ulom yashagan ikki qavatli g‘ishtin binoga duch kelasiz. Xalq shoirining uyi 1983-yilda xalqqa taqdim etilgan — muzeyga aylantirilgan. Adib tavalludiga 120 yil to‘lishi munosabati bilan “Gazeta.uz” muxbirlari muzeyda bo‘ldi. Manzil.

Muzey yashaydi. Poytaxtdagi parovozlar muzeyi rekonstruksiyasi qanday kechmoqda?

muzeylar, sayohat

2021-yil iyun oyidan buyon Toshkent temiryo‘l texnikasi muzeyida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Muzey rekonstruksiya paytida atayin tashrif buyuruvchilar uchun yopilmadi. “Gazeta.uz” muxbiri Natalya Silkina muassasa direktori bilan muzey fondini to‘ldirish, uning rekonstruksiyasi va kelajagi haqida suhbatlashdi. Manzil.

“Sharqning ilk qaldirg‘ochi”. Tamaraxonimning uy-muzeyidan fotoreportaj

muzeylar, sayohat

Mart oyida professional o‘zbek raqsi asoschilaridan biri, qo‘shiqchi, raqqosa, baletmeyster Tamaraxonim tavalludiga 117 yil to‘ldi. Tahririyatda xonimni xotirlash maqsadida uning Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan uy-muzeyidan tayyorlangan fotoreportaj e’lon qilingan. Tamaraxonim bu uyga 1981-yilda ko‘chib kelgan. Raqqosaning vafotidan 3 yil o‘tib, 1994-yili uy-muzeyga aylantirilgan. Yiliga 2 mingdan ortiq tashrifchi keladigan, 6 mingdan ortiq eksponati bor muzey ikki zal, ikki dahliz, xonim yashagan uyning mehmonxona, yotoqxona, oshxonasi hamda hovlidan iborat. Manzil.

Tavalludiga 118 yil to‘lgan adib — Oybekning uy-muzeyiga sayohat

1905-yilning 10-yanvarida shoir, adib, jamoat arbobi — Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek tug‘ilgan. Ijodkorni kelajak avlod ham yaqindan tanishi uchun asarlari qatori uy-muzeyi, undagi moddiy meros alohida qiymatga ega bo‘ladi.

Yunusoboddagi Iftixor 1-tor ko‘chasi bo‘ylab 3−4 daqiqa yurganda, chap tarafdan Oybek uy-muzeyi joylashgani haqida ma’lumot beruvchi maxsus belgi chiqadi. Shu belgi bo‘ylab ketilsa, ikki qavatli 26-uy keladi. Uy peshtoqiga “Oybek uy-muzeyi” deb yozib qo‘yilgan, darvozadan chap tarafga o‘rnatilgan uchta lavhada esa bu uyda yashab ijod qilganlar — akademik Oybek qatori uning rafiqasi, birinchi o‘zbek kimyogari Zarifa Saidnosirova hamda ularning o‘g‘li, kimyo fanlari doktori Suyun Toshmuhammedov haqida ma’lumotlar keltirilgan. Manzil.

“Kuniga 200−300 nafar ziyoratchi keladi”. Islom Karimov tug‘ilgan uy va u o‘qigan maktabdan fotoreportaj

2016-yilning 2-sentabr sanasi. Aynan shu kuni O‘zbekistonning birinchi prezidenti 78 yoshida vafot etdi. Birinchi prezidentning vasiyatiga ko‘ra, Islom Karimov 2016-yil 3-sentabrda ota-onasi mangu qo‘nim topgan ona shahri Samarqandda musulmon urf-odatlariga binoan dafn etilgan. Tahririyat muxbiri Mirolim Isajonov mamlakatning birinchi prezidenti ulg‘aygan xonadon va u tahsil olgan maktabdan fotoreportaj tayyorladi.

Bundan tashqari, birinchi prezidentning Toshkent shahrida joylashgan muzeyi ham bor. Quyida sizga joyning manzilini qoldiramiz.

Izoh: 1-rasm — Olmazor tumanidagi general-mayor Sobir Raximovga atab qo‘yilgan haykal.
2-rasm — “G‘alaba bog‘i”dagi monument.

Tahririyat 2020-yilda Toshkent shahridagi “G‘alaba bog‘i”ning ochilish marosimidan ham bir qator lavhalarni e’lon qilgan. Bog‘ 2018-yil o‘zining tarixiy joyiga qaytarilgan general-mayor Sobir Raximovga atab qo‘yilgan haykal yaqinida joylashgan. Manzil.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2021-yil Xotira va qadrlash qadrlash kunida “G‘alaba bog‘i”ning ichidagi “Shon-sharaf” muzeyiga ham tashrif buyurib, “bu yer xalq muzeyi bo‘lishi kerak”, deya ta’kidlagandi. Hozir muzeyda 12,5 mingdan ortiq eksponat mavjud. “Bu urush dahshatini anglash, tarixdan saboq chiqarish uchun muhim. Muzey bunda asos, tarix bilan bugungi kun o‘rtasida ko‘prik bo‘lishi kerak”, — dedi davlat rahbari.

muzeylar, sayohat

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Abdulla Qodiriy uy-muzeyi haqida

muzeylar, sayohat

Foto: Madaniyat vazirligi.

Toshkentning Samarqand darvoza ko‘chasidagi ijodkor yashagan xonadonda Abdulla Qodiriy uy-muzeyi ochildi. Bu yerda haykaltarosh Bahrom Norboyev ijodiga mansub yozuvchining haykali o‘rnatildi. Unda Abdulla Qodiriyning bir qo‘lida kitob ushlagan holda o‘tirgani tasvirlangan. Manzil.

Shuningdek, poytaxtning Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i oldida uning ijod maktabi va memorial muzeyi barpo etilgan. Boqqa kiraverishda buyuk yozuvchi haykali o‘rnatilgan.
Manzil.

Siyosatchi va diplomat Sharof Rashidov hayotining 78 lahzasi

muzeylar, sayohat

Toshkent Fotosuratlar uyida siyosatchi va diplomat Sharof Rashidov tavalludining 105 yilligiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi. Arxiv suratlari uning 1950−1983-yillarda asosan Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari yo‘nalishida kechgan tashqi siyosiy faoliyati haqida hikoya qiladi.

Shavkat Mirziyoyev tashrif buyurgan Muhammad Yusuf nomidagi maktab

muzeylar, sayohat

Andijon shahrida Muhammad Yusuf nomidagi maktab-internati bor. Maktab oldida shoir byusti o‘rnatilgan xiyobon barpo etilgan. Bilim dargohida umumta’lim fanlari bilan birga, ona tili va adabiyotni chuqur o‘rganish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Sinfxonalar, kutubxona, sport zali, yotoqxona zamonaviy jihozlangan. Bugungi kunda bu yerda 150 nafar iqtidorli yigit-qiz ta’lim olmoqda. 2019-yilda Andijon viloyatiga safar qilgan prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon shahridagi Muhammad Yusuf nomidagi maktab-internati bilan tanishgandi. Manzil.