O‘zbekiston va Xitoy rahbarlari Sianda investitsiya loyihalari va savdo hajmini oshirishni muhokama qildilar

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va XXR raisi Si Szinpin Xitoyning kambag‘allikka qarshi kurash tajribasini mamlakatda tatbiq etish, qayta tiklanadigan energiya manbalari, xususan, quyosh panellar ishlab chiqarish, elektromobil zavodlarini ishga tushirishdagi hamkorlik kabi masalalarni muhokama qildilar.

O‘zbekiston va Xitoy vakillari o‘rtasida 41 ta hamkorlik hujjati imzolandi

O‘zbekiston va Xitoy rahbari 2023−2027-yillarga mo‘ljallangan ikki davlat o‘rtasida yangi davrdagi har tomonlama strategik sheriklikni rivojlantirish dasturini qabul qildi. Ular ishtirokida davlat organlari va kompaniyalar o‘rtasida ham qator hujjatlar imzolandi.

Toshkentdagi maktablardan birining binosida o‘quvchini ilon tishlab oldi

Toshkentdagi 348-sonli maktab (sobiq Toshkent viloyatiga qarashli, kollektor yonida joylashgan) binosida 6-sinf o‘quvchisini suv iloni tishlab oldi. Unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga yetkazilgan, shundan so‘ng u o‘qishga qaytgan.

“O‘zbekneftgaz” 2024-yilda Ozarbayjonda uchta konni o‘zlashtirishni boshlashni rejalashtirmoqda

“O‘zbekneftgaz” SOCAR bilan birgalikda 2024-yilda Ozarbayjonda uchta uglevodorod konini o‘zlashtirishni boshlashni rejalashtirmoqda. SOCAR`ning esa O‘zbekistondagi qidiruv ishlarida ishtirok etishi kutilmoqda.

O‘zbekiston Tojikistondan 1,2 mlrd kVt soat elektr energiyasini import qiladi

2023-yilning may-sentabr oylarida O‘zbekiston Tojikistondan 1 mlrd 285 mln kVt soat elektr energiyasini import qiladi.

Qariyb 2 trln so‘mlik quyosh panellarini o‘rnatish bo‘yicha tanlov bekor qilindi. Sabablar

Energetika vazirligi quyosh panellarini o‘rnatish bo‘yicha tanlov natijasi bekor qilinganini bildirdi. Qariyb 2 trln so‘mlik tanlovning barcha — 6 ta lotida ikkita kompaniya g‘olib chiqqan. Tanlov noto‘g‘ri tashkil etilgani uchun energetika vaziri ichki tekshiruv e’lon qildi.

O‘zbekiston Boku portida o‘z terminalini ochishni rejalashtirmoqda

Transport vaziri o‘rinbosari Abdusamat Mo‘minovning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston Boku portida o‘z terminalini ochishni rejalashtirmoqda. Hozirda tovarlarni saqlash uchun mazkur port hududida ombor infratuzilmasini yaratish ishlari olib borilmoqda.

Fuqarolarning bank kartalaridan firibgarlik yo‘li bilan pul yechib olgan shaxslar ushlandi

IIV Kiberxavfsizlik markazi o‘zini Slick to‘lov tizimining xavfsizlik xizmati xodimlari sifatida tanishtirib, fuqarolarning bank kartalaridan pul yechib olgan bir necha shaxsni aniqladi.

O‘zbekistondagi muzey va ko‘rgazmalarga onlayn sayohat

“Gazeta.uz” respublikada mavjud memorial muzeylar haqida ko‘plab maqola va fotoreportajlar tayyorlagan. 18-may — Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan tahririyat ana shu tarixiy manzillarga virtual sayohat qilishga taklif etadi.

Surxondaryoda “tez yordam” xodimlari chaqiruvga skuterlarda ham bormoqda

Surxondaryo viloyatida feldsherlar sinov tariqasida “tez yordam” chaqiruviga skuterlarda ham bormoqda. Bunda tirbandliklar va harakatlanish qiyin bo‘lgan joylarda oson yura olish maqsad qilingan. Ular ahvoli og‘ir bo‘lmagan bemorlarga birinchi yordamni ko‘rsatib qaytadi.

Nyu-Yorkda terakt uyushtirgan Sayfullo Soipov 8 marta umrbod va 260 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

2017-yil Nyu-Yorkda yuk mashinasini odamlar ustiga haydab, 8 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan o‘zbekistonlik Sayfullo Soipov 8 marta umrbod va 260 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

YeTTB Uzbekistan Airports maxsus texnika parkini yangilashda yordam beradi

YeTTB Uzbekistan Airports`ga O‘zbekiston xalqaro aeroportlarida maxsus texnikalar parkini yangilash uchun 28 mln yevrogacha mablag‘ ajratadi. Shuningdek, bank kompaniya va uning tarkibiy bo‘linmalari faoliyati samaradorligini oshirish uchun 1 mln yevro miqdorida grant ajratadi.

“Investorlarga bashoratlilik va barqarorlik zarur” — YeTTB bosh iqtisodchisi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bosh iqtisodchisi Beata Yavorchik hamda mintaqaviy iqtisodchisi Erik Livni “Gazeta.uz”ga iqtisodiyot uchun yangi xatarlar, sarmoyalarni jalb etishning samarali strategiyalari, islohotlarning jamiyat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi kerakligining ahamiyati haqida so‘zlab berishdi.

Kuchli zilzilalar haqida erta ogohlantirish milliy tizimi ishga tushiriladi

1-dekabrdan O‘zbekistonda kuchli zilzilalar haqida erta ogohlantirish milliy tizimi bosqichma-bosqich ishga tushiriladi. Bunda “Kuchli zilziladan ogohlantirish” mobil ilovasi orqali aholiga qisqa soniyalarda respublikaning aniqlangan hududlarida kuchli zilzila kuzatilishi to‘g‘risida tezkor xabarnoma yuboriladi.

Alisher Sultanov prezident maslahatchisi etib tayinlandi

Sobiq energetika vaziri Alisher Sultanov O‘zbekiston prezidentining neft-gaz, kimyo va energetika masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi.