O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin Qo‘shma bayonotni imzoladilar va 2023−2027-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston bilan XXR o‘rtasida yangi davrdagi har tomonlama strategik sheriklikni rivojlantirish dasturini qabul qildilar, deya xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.

Yetakchilar huzurida quyidagi hujjatlar imzolandi:

  • O‘zbekiston va Xitoy hukumatlari o‘rtasida texnik-iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi bitim;
  • O‘zbekiston va Xitoy hukumatlari o‘rtasida Hamkorlik bo‘yicha o‘zbek-xitoy hukumatlararo qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risidagi Bitimga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi bayonnoma;
  • O‘zbekiston va Xitoy hukumatlari o‘rtasida o‘rta ta’lim maktablari salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha loyihani amalga oshirish to‘g‘risidagi bitim;
  • O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan Xitoy Bojxona bosh ma’muriyati o‘rtasida O‘zbekistondan Xitoyga eksport qilinadigan muzlatilgan parranda go‘shtining inspeksiya, karantin va veterinariya-sanitariya talablari to‘g‘risidagi bayonnoma;
  • O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan Xitoy Bojxona bosh ma’muriyati o‘rtasida O‘zbekistondan Xitoyga uzum eksport qilishda fitosanitar talablar va nazorat to‘g‘risidagi bayonnoma;
  • O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi bilan Xitoy Bojxona bosh ma’muriyati o‘rtasida vakolatli iqtisodiy operatorlar dasturlarini o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi kelishuv;
  • O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan Xitoy Tijorat vazirligi o‘rtasida ustuvor investitsiya loyihalarini ilgari surish bo‘yicha anglashuv memorandumi;
  • O‘zbekiston prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan Xitoy Davlat kengashi Matbuot kanselyariyasi o‘rtasida ommaviy axborot vositalari sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumi;
  • 2023−2024-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bilan Xitoy Tashqi ishlar vazirligi o‘rtasida hamkorlik dasturi;
  • Toshkent shahri va Sichuan muzofoti o‘rtasida sheriklik aloqalarini o‘rnatish to‘g‘risidagi bitim;
  • Sirdaryo viloyati va Shensi muzofoti o‘rtasida sheriklik aloqalarini o‘rnatish to‘g‘risidagi bitim;
  • Samarqand viloyati va Shensi muzofoti o‘rtasida sheriklik aloqalarini o‘rnatish to‘g‘risidagi bitim.

Bundan tashqari, quyidagi muhim iqtisodiy kelishuvlar imzolandi:

  • elektr uzatish liniyalari va nimstansiyalarini qurish loyihasini moliyalashtirish to‘g‘risida;
  • multimodal logistika markazini tashkil etish to‘g‘risida;
  • “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ lokomotivlari parkini yangilash va modernizatsiya qilish to‘g‘risida;
  • O‘zbekiston-Xitoy agrosanoat parkini tashkil etish to‘g‘risida;
  • Agroinnovatsion parkni tashkil etish to‘g‘risida;
  • O‘zbekiston-Xitoy biotexnologik klasterini tashkil etish to‘g‘risida;
  • “O‘zbektelekom” AKning telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada kengaytirish to‘g‘risida;
  • “EXEED” kompaniyasi bilan birgalikda zamonaviy avtomobillar ishlab chiqarish to‘g‘risida;
  • “BYD Auto Industry” kompaniyasi bilan birgalikda elektr va gibrid avtomobillar ishlab chiqarish to‘g‘risida;
  • “O‘zbekiston milliy banki” AJ bilan “Xitoy Eksim banki” o‘rtasida kredit liniyalarini jalb qilish to‘g‘risida;
  • “O‘zbekiston milliy banki” AJ bilan “Xitoy taraqqiyot davlat banki” o‘rtasida kredit liniyalarini jalb qilish to‘g‘risida;
  • “China Export and insurance corporation” bilan hamkorlik to‘g‘risida;
  • Sirdaryo viloyatida “Norin GES kaskadini qurish” va Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida “Aygain GES kaskadini qurish” loyihalari texnik-iqtisodiy asoslarini tayyorlash to‘g‘risida;
  • telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish sohasida hamkorlik to‘g‘risida.

Tashrif tadbirlari doirasida tarmoq memorandumlari ham imzolandi:

  • O‘zbekiston Madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi xorijiy davlatlar bilan millatlararo munosabatlar va do‘stona aloqalar Qo‘mitasi bilan Xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik Shanxay xalq uyushmasi o‘rtasida;
  • O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan Xalqaro savdoga ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha Xitoy kengashi o‘rtasida tijorat huquqi sohasida hamkorlik bo‘yicha O‘zbek-Xitoy qo‘mitasinni tuzish to‘g‘risida;
  • O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi bilan Dalyan tovar birjasi o‘rtasida;
  • O‘zbekiston Parrandachilik uyushmasi bilan Xitoy Chorvachilik uyushmasi o‘rtasida parrandachilik sohasida hamkorlik to‘g‘risida;
  • O‘zbekiston Respublikasi “Uzcharmsanoat” uyushmasi bilan Xitoy charm sanoati bo‘yicha hamkorlik uyushmasi o‘rtasida;
  • Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti bilan Pekin xorijiy tillar va madaniyat universiteti o‘rtasida;
  • Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti bilan Lyaonin pedagogika universiteti o‘rtasida;
  • Samarqand xalqaro texnologiyalar universiteti bilan Tyanszin fan va texnika universiteti o‘rtasida;
  • Samarqand xalqaro texnologiyalar universiteti bilan Shimoliy-sharq elektroenergetika universiteti o‘rtasida;
  • Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bilan Shanxay universiteti o‘rtasida.

Tashrif doirasida ikki mamlakat o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va amaliy hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan jami 41 ta hujjat imzolandi.