16-iyun kuni Chery brendining yangi Arrizo 6 Pro modeli taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbir ishtirokchilari raqamli texnologiyalar, intellekt va qulaylik birgalikda jamlangan progressiv hashamat olamiga yo‘l oldilar.

chery, реклама

Yo‘lboshchi sifatida, ertangi kun brendi haqidagi tasavvurlarni o‘zida mujassam etgan yangi sedan xizmat qildi. Mehmonlar kelajak tarafdorlari va avtomobilning afzalliklarini ochib beruvchi noyob shou formatidagi dijital-faolliklarning bir qismiga aylandilar.

chery, реклама

Avtomobil jurnalistlar va blogerlarga 6-iyun kuni maxsus premera oldi test-drayvida taqdim etilgandi. Endi esa avtomobil keng jamoatchilikka urbanistik uslubdagi yopiq ijtimoiy tadbir formatida taqdim etildi.

Taqdimot uchun karting markazida maxsus hudud yaratildi. Tadbirning mazmuni aynan yangi Chery Arrizo 6 Pro`da o‘z aksini topgan “Kelajak texnologiyalari” konsepsiyasi atrofida qurilgan edi.

Atrofdagi butun makon bir nechta ekranlar, yorug‘lik shousi va konturli yoritilishlar tufayli sinxron ravishda o‘zgarib turdi.

chery, реклама

Taqdimot brend vakillarining tabriklari va chiqishlari bilan boshlandi. Chery International vakili Gun Tsimin va Chery Uzbekistan brendi direktori Vyacheslav Vasilev yangi Arrizo 6 Pro haqida asosiy jihatlarni, shuningdek, barcha yangi modellarni O‘zbekistonda yig‘ish istiqbollari haqida aytib o‘tdilar.

chery, реклама

Chery Tiggo 8 Pro Max xaridorlaridan biri ham o‘z so‘zlarini sahnadan turib aytdi. U yangi avtomobilidan juda mamnun ekanligini ta’kidlab, uning qulayligi va zamonaviyligiga urg‘u berdi. Xaridor insonlarni yaqinlashtiradigan va o‘zini yagona Chery oilasi a’zosi kabi his qilish imkonini beradigan With Chery With Love loyihasi doirasida tashkil etilgan tadbirlar uchun Chery`ga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

chery, реклама

Shouning kulminatsion nuqtasi — bu oqshomning bosh qahramoni bo‘lgan yangi Arrizo 6 Pro`ning effektli paydo bo‘lishi bo‘ldi. Bloggerlar rus va o‘zbek tillarida avtomobilning taqdimotini o‘tkazib, uning xususiyatlari va eng so‘nggi texnologiyalari haqida so‘zlab berishdi.

chery, реклама

Ta’sirchan premeradan tashqari, mehmonlar va avtomobilning ilk xaridorlari noyob sovrinlar qo‘yilgan o‘yinda ham ishtirok etdilar. Tadbir ishtirokchilari uchun asosiy sahnadagi ko‘ngilochar shoudan tashqari bir nechta interaktiv zonalar ham tashkil etilgandi. Kechaning hedlayneri esa rep ijrochisi Shohrux edi. Ishonch bilan aytish mumkinki, tadbir yilning o‘ziga xos voqealaridan biriga aylandi.

chery, реклама

Arrizo 6 Pro — O‘zbekistonda yig‘iladigan Chery brendining ilk sedanidir. Texnologiya, dizayn, funksionallik va tarmoqli integratsiya imkoniyatlari tufayli avtomobil haydovchini ham, yo‘lovchilarni ham hushnud eta oladi.

chery, реклама

Yangi Chery Arrizo 6 Pro 1-iyundan sotuvga chiqdi. Avtomobillar Chery`ning barcha rasmiy dilerlik markazlarida, shuningdek, Samarqand Darvoza va Compass Mall savdo majmualarida taqdim etilmoqda.

chery, реклама

Urfdagi sedanning narxi quyidagicha:

  • Arrizo 6 Pro Comfort — 254 900 000 so‘m;
  • Arrizo 6 Pro Intelligence — 289 900 000 so‘m;

Chery`ning butun O‘zbekiston bo‘ylab dilerlik tarmog‘ida Arrizo 6 Pro uchun bepul test-drayv xizmati mavjud.

Bepul test drayvga Telegram-bot yoki (+998) 71−276−55−55 telefon raqami orqali yozilish mumkin.

Sayt: cheryauto.uz
Facebook: fb.com/CheryUzbekistan
Instagram: @cheryuzbekistan
Telegram: t.me/cheryuzbekistan
YouTube: Cheryuzbekistan

Reklama huquqlari asosida.