Elektr qurilmalarini ta’mirlash va yangilash ishlari ketayotgani sababli 20-iyun kuni Toshkent shahridagi ayrim hududlarda ta’minotda uzilish bo‘ladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” kompaniyasi matbuot xizmati xabar qildi.

Iste’molchilarga “sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida” quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:

  • Chilonzor tumani: “Qozirobod” hamda “Ko‘rkam” MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 16:00 gacha;
  • Yangihayot tumani: “Xo‘jauchqun” va “Viqor” MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 16:00 gacha;
  • Shayxontohur tumani: “Chorsu” va “Beltepa” MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;
  • Bektemir tumani: “Nurliyo‘l” va “Zabardast” MFYlarinjng ayrim hududlarida soat 09:00 dan 16:00 gacha;
  • Yashnobod tumani: “Mirishkor” MFYning ayrim hududlarida soat 09:00 dan 16:00 gacha;
  • Mirzo Ulug‘bek tumani: “Mevazor” va “Zakovat” MFYlarining ayrim hududlarida soat 10:00 dan 16:00 gacha;
  • Uchtepa tumani: “Nishabariq” MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 15:00 gacha.

Yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin, deyiladi xabarda.

Avvalroq “Gazeta.uz” bilan suhbatlashgan “Hududiy elektr tarmoqlari” korxonasi Toshkent filiali direktori o‘rinbosari Bekzod Kulibayev shahar elektr ta’minotida kuzatilayotgan uzilishlar sabablari, rejali ta’mirlash ishlari va avariyaviy holatlar bo‘yicha ma’lumot bergandi.