Xitoyning Usi shahrida o‘tayotgan qilichbozlik bo‘yicha Osiyo chempionatida sablya yo‘nalishida Zaynab Dayibekova oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.

U pley-off bosqichida ikkinchi saralangan sportchi sifatida harakat qilgan. Saralash bosqichida V’etnam, Xitoy, Avstariliya vakillarini, yarim finalda hindistonlik Bxavani Chadalavadani, finalda esa uch karra jahon chempionati sovrindori, Tokio-2020 Olimpiadasi bronza medali sohibi janubiy koreyalik Jisu Yunni mag‘lubiyatga uchratdi.

Bu qoraqalpog‘istonlik sportchining kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatlarida qo‘lga kiritgan birinchi oltin medali bo‘ldi.