19-iyun kuni Ostona shahrida Markaziy Osiyo yetakchi ayollari muloqotining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi. Uning mavzusi “Innovatsiyalar va texnologiyalarni rivojlantirishda ayollarning roli” bo‘ldi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati matbuot xizmati.

Mintaqaviy platforma O‘zbekiston tashabbusi bilan BMT ko‘magida 2020-yilda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston yetakchi ayollari o‘rtasida ayollar bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha maslahatlashuvlar va hamkorlikni o‘tkazish maqsadida tashkil etilgan. 2023-yilda muloqotga Qozog‘iston raislik qilmoqda, mamlakat raqamlashtirishni o‘zining ustuvor yo‘nalishlaridan biri deb e’lon qilgan.

Uchrashuvda mintaqa mamlakatlari faol va ishbilarmon ayollari, akademik va ilmiy doiralari, nodavlat va fuqarolik sektori sa’y-harakatlarini birlashtirish, demografik rivojlanish, gender tengligini ta’minlash bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish, turizm, madaniyat, ekologiya, savdo va raqamli texnologiyalar sohasida loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

танзила нарбаеva, марказий осиё yetakchi ayollari muloqotи

O‘zbekiston Senati raisi Tanzila Narbayeva o‘z nutqida bugungi kunda muloqot Markaziy Osiyoda muhim o‘rin tutayotgani va jahon hamjamiyatida munosib qo‘llab-quvvatlanayotgani, mintaqaviy miqyosda chora-tadbirlar ko‘rilayotganini alohida ta’kidladi.

Uchrashuv davomida mintaqa mamlakatlari ayollari tomonidan yaratilgan innovatsion loyihalar va startaplar taqdim etildi. Qishloq joylarda raqamlashtirish loyihalari, oila va jamiyat, ayollar tadbirkorligi, kasb-hunar ta’limi va bandligini ta’minlashning dolzarb masalalarini hal etishga qaratilgan taqdimotlar ko‘rib chiqildi.
Tanzila Narbayeva Ostonada Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev va Qozog‘iston parlamenti Senati raisi Maulen Ashimbayev bilan uchrashdi.