O‘zbekistonda seshanbadan boshlab jazirama pasayadi

Seshanba kunidan boshlab O‘zbekistonga Kavkazdan nisbatan sovuqroq havo kirib kelishi hisobiga issiq pasaya boshlaydi. Ish haftasi oxirigacha havo harorati +33…+38 daraja atrofida bo‘ladi.

Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlarida qariyb 40 ming xonadon elektr tarmog‘idan uzildi

19-iyun kuni kuchli shamol tufayli Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlarida qariyb 40 ming iste’molchi elektr tarmog‘idan uzildi.

Qurbon hayiti 28-iyun kuni nishonlanadi

O‘zbekistonda Qurbon hayitining birinchi kuni 28-iyunda nishonlanadi, deya ma’lum qildi Musulmonlar idorasi. O‘zbekistonda Qurbon hayitining birinchi kuni 28-iyun — chorshanba kuniga to‘g‘ri keladi va fuqarolar 2-iyulgacha ketma-ket 5 kun dam oladi.

O‘zbekiston va Eron boshqalarning noroziligiga qaramay, munosabatlarni rivojlantiradi — Oyatulloh Xomanaiy

O‘zbekiston prezidenti va Eron oliy diniy rahbari uchrashuvda uzoq pauzadan so‘ng munosabatlarning jonlanishini olqishladi. Oyatulloh Xomanaiy “ba’zi raqiblar” bo‘lishiga qaramay, mamlakatlar munosabatni rivojlantirishi kerakligini aytdi. Mirziyoyev Eronning qiyinchiliklarga qarshi chidamliligini ta’kidladi.

O‘zbekiston va Eron qo‘shma logistika markazini tashkil etishga kelishib oldi

O‘zbekiston transport vaziri va Eron yo‘l va shaharsozlik vaziri Eron-O‘zbekiston logistika markazini tashkil etish, shuningdek, Eronning Chobahor va Bandar-Abbos portlarida o‘zbekistonlik tadbirkorlar ishtirokida terminallar va omborlar qurishga kelishib oldi.

Rossiya O‘zbekistonga yiliga 2,8 milliard kub metr gaz yetkazib beradi

O‘zbekiston Energetika vazirligi “Gazprom” bilan gaz kelishuvi tafsilotlarini e’lon qildi. Hujjat ikki yilga tuzilgan, yetkazib berish hajmi kuniga 9 million kub metrni, yillik hajm deyarli 2,8 milliard kub metrni tashkil etadi. Avvalroq “Kommersant” hajm bundan ikki baravar ko‘proq bo‘lishi haqida yozgandi.

Andijonda daryoda cho‘kib ketgan 12 yoshli bola olti kundan beri qidirilmoqda

13-iyun kuni Oltinko‘l tumanidagi Qoradaryoga 13 va 12 yashar qarindosh bolalar cho‘kib ketdi. Ulardan birining jasadi topilgan. Bolalarning yaqinlariga ko‘ra, voqea ular baliq tutishga borganida sodir bo‘lgan. Olti kundan buyon 12 yashar bola qidirilmoqda.

Quyosh panellari va qayta tiklanadigan energiya manbalaridan olingan ortiqcha energiya qanday tartibda sotiladi?

O‘zbekiston hukumati qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanib jismoniy shaxslar va tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilgan ortiqcha elektr energiyasini sotish tartibini tasdiqladi.

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini tashabbusli budjetlashtirish bo‘yicha nizom tanqidlarga uchradi

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini tashabbusli budjetlashtirish orqali amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tanqidlarga uchradi. Nizomga ko‘ra, dasturlar bo‘yicha faqat mahalla raisi loyihalar to‘plamini kiritish huquqiga ega, fuqarolar esa bunday qilolmaydi.

Toshkentda liftning tezlashib ketishi oqibatida 11 kishi jabrlandi

Toshkent shahri Yangihayot tumanidagi ko‘p qavatli uyda pastga tushayotgan lift nosozlik sababli tezlashib, birinchi qavatga yetganda tormoz tizimi ishlab to‘xtadi. 11 kishi jarohat oldi, ulardan 3 nafari shifoxonada qolmoqda. Bosh prokuraturaga ko‘ra, may oyida foydalanishga topshirilgan uyning aholiga mo‘ljallangan 2 ta lifti nosoz bo‘lgan. Shu bois ular yuk tashuvchi liftdan foydalanib kelishgan.

Oksana Chusovitina Osiyo chempiontada kumush medaliga sazovor bo‘ldi

O‘zbekistonlik gimnastikachi Oksana Chusovitina Singapurda sport gimnastikasi bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionatida ikkinchi o‘rinni egalladi. Abdulaziz Mirvaliyev ham jamoa hisobiga yana bir kumush medalni qo‘shdi.

Qoraqalpog‘istonlik qilichboz Zaynab Dayibekova Osiyo chempioni bo‘ldi

Qilichbozlik bo‘yicha Osiyo chempionatida sablyachi Zaynab Dayibekova finalda uch karra jahon chempionati sovrindori bo‘lgan janubiy koreyalik sportchini yengib Osiyo chempionatida 1-o‘rinni egalladi.

O‘zbekistonlik kurashchilar Osiyo chempionatda 24 ta medalni qo‘lga kiritdi

Bishkekda o‘tkazilgan sport kurashlari bo‘yicha Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar 17 gacha va 23 gacha yosh toifalarida 24 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Yaqin o‘n yillikda shaxsiy avtomobillardan foydalanish kamayadi — McKinsey tadqiqoti

2035-yilga kelib butun dunyoda shaxsiy avtomobillardan foydalanish darajasi kamayadi va odamlar “samaraliroq, yashilroq va qulayroq” transportni tanlashadi, deya bashorat qilmoqda McKinsey konsalting kompaniyasi.