O‘zbekistonda qarzdorlar ipoteka kreditlari bo‘yicha to‘lovlarni kechiktirish huquqiga ega bo‘ladi. Bu prezident Shavkat Mirziyoyevning muhokama uchun e’lon qilingan farmoni loyihasida ko‘zda tutilgan.

Markaziy bank va Moliya vazirligiga ikki oy muddatda qonun hujjatlariga fuqarolarga ipoteka kreditlarini to‘lashni kechiktirish imkonini beruvchi «ipoteka krediti bo‘yicha kanikul«ni majburiy tartibda bank tizimiga joriy etishni nazarda tutuvchi o‘zgartish va qo‘shimchalar bo‘yicha takliflar kiritish topshirildi.

Farmon loyihasida qayd etilishicha, ipoteka ta’tillari favqulodda holatlar yuzaga kelganligi, shu jumladan ish joyi va mehnat layoqatini yo‘qotganligi munosabati bilan taqdim etiladi.

Ipoteka ta’tillari, bu — qarz oluvchi o‘z xohishiga ko‘ra oylik to‘lovlarni amalga oshirmasligi yoki hajmini kamaytirishi mumkin bo‘lgan davr. Masalan, Rossiyada 2019 yil iyul oyidan boshlab qarz oluvchilar kredit to‘lovlarini olti oygacha qisqartirish yoki to‘xtatib turish huquqiga ega bo‘ldi. Bu vaqt davomida banklar tomonidan kvartirani olib qo‘yishi yoki kredit tarixiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lmaydi.

Ta’kidlash kerakki, 2019 yilda O‘zbekistondagi banklar 67,2 ming nafar jismoniy shaxsga 7,9 trln so‘m miqdorida ipoteka kreditlarini ajratdi, bu 2018 yilga nisbatan (3,2 trln so‘m) 66,6 foizga ko‘pdir.