«Umid» jamg‘armasi orqali xorijda tahsil olib kelgan Laziz Choriyevich Xo‘jaqulov O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligida o‘z faoliyatini boshladi, deya xabar qildi XTV matbuot xizmati.

U XTVning Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Laziz Xo‘jaqulov o‘z faoliyati davomida, shuningdek, Buxoro viloyati xalq ta’limi tizimini rivojlantirish, ta’lim sifatini oshirish va «Buxoro tajribasini» boshqa hududlarga tatbiq etish bo‘yicha ishlarni olib boradi.

Laziz Xo‘jaqulov Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bakalavrini tamomlagan va Buyuk Britaniyaning Manchester universitetida magistr unvonini olgan.

Gretsiyaning Saloniki shahrida Alexander Technological Educational Institution of Thessaloniki falsafa doktori (PhD) izlanuvchisi bo‘lgan.

Mehnat faoliyati davomida «O‘zbekinvest» MEISK, Buxoro davlat universiteti, Hyundai Engineering Co., Ltd va KT Corporation`da ishlagan.