O‘zbekiston transport vazirligi 25 fevraldan boshlab «Samarqand — Toshkent — Sankt-Peterburg» yo‘nalishida muntazam avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi.

Qatnovlar Uzautotrans Service tomonidan Yutong avtobuslarida Rossiyaning «Globus» kompaniyasi bilan birgalikda amalga oshiriladi.

Birinchi reys 25 fevral kuni Samarqand avtovokzalidan 9:00 da, Toshkent vokzalidan esa 15:00 da jo‘naydi. Sankt-Peterburgda yo‘lovchilar Markaziy Avtovokzalga yetkaziladi.

Chipta narxi Samarqanddan — 840 ming so‘m, Toshkentdan — 800 ming so‘m. Reyslar har kuni amalga oshiriladi.

2018 yil oxirida Toshkentdan Rossiyaning Nijniy Novgorod va Qozon shaharlariga birinchi avtobus yo‘nalishlari ochilgan edi. 2019 yil dekabr oyida esa Moskvaga, shu yilning fevral oyida Omskka qatnovlar yo‘lga qo‘yildi.