Toshkent shahridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan 12 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor to‘liq sog‘aydi. Bu haqda sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Bemorlar Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ullari ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.

Sog‘aygan bemorlarning 7 nafari Toshkent shahridan. 1 nafari Buxoro viloyatidan, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlaridan 2 nafardan. Ularning barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, infeksiya yuqtirib olishgan. Bemorlar orasida eng yoshi kattasi 65 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 9 yoshda.

Hozirga qadar bir kun ichida 103 nafar bemor tuzalib, O‘zbekistonda jami sog‘ayganlar soni 892 nafarga yetdi.