26 aprel kuni Hukumat qarori bilan Valeriy Nikolayevich Tyan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Adliya Vazirligi xabar berdi.

Qarorga muvofiq, V. Tyan qo‘mita raisining xorijiy aloqalar va vatandoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari sifatida faoliyat olib boradi.

Tayinlovga qadar Valeriy Tyan Senat a’zosi bo‘lgan. Shuningdek, u 15 yil davomida (2002−2017) O‘zbekiston havo yo‘llari milliy aviakompaniyaga bosh direktor lavozimida ishlab kelgan. Unga qadar — 1998−2002 yillarda Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish bo‘yicha davlat instpeksiyasini boshqargan.