Namangan viloyatida 4 nafardan, Jizzax viloyatida esa 2 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butkul sog‘aydi, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi. Ular reabilitatsiyaga o‘tkazildi.

Namanganda sog‘ayganlarning barchasi koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olishgan. Viloyatda shu paytga qadar 57 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 61 nafarga yetdi.

Jizzaxdan tuzalib chiqqan bemorlar (erkak) jizzaxlik bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olishgan. Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan avval 1 nafar fuqaro sog‘ayib chiqqan edi. Endilikda ushbu ikki nafar bilan viloyatdagi koronavirusga chalingan barcha bemorlar to‘liq sog‘ayib chiqishdi.

Ayni paytda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 810 nafarni tashkil etmoqda.