Turizm xizmatlarini ko‘rsatishga doir sertifikatlarning amal qilish muddati 6 oyga uzaytiriladi. Bu haqda turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.

Respublika maxsus komissiyasi qaroriga binoan, 2020 yilda amal qilish muddati tugaydigan akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomalar, muvofiqlikni baholash doirasida rasmiylashtirilgan muvofiqlik sertifikatlari va qiyoslash sertifikatlari ularning amal qilish muddati tugagan kundan boshlab 6 oyga uzaytiriladi.

Bunda texnik jihatdan tartibga solish, muvofiqlikni baholash va metrologiya qoidalari doirasida belgilangan talablarga rioya qilish bo‘yicha javobgarlik sertifikatlar va guvohnomalar rasmiylashtirilgan yuridik shaxslarga yuklatiladi.