29 aprel kunidan boshlab Ai-92 markali benzin narxi 5500 so‘m qilib belgilandi. Bu haqda O‘zbekneftgaz AJning matbuot xizmati xabar berdi.

“O‘zbekneftgaz AJ tomonidan iste’molchilarning manfaatlarini inobatga olgan holda, shuningdek, birja savdolarida benzin sotib olish xarajatlari kamaygani munosabati bilan neft mahsulotlarining sotish narxlari bosqichma-bosqich kamaytirib boriladi”, — deyiladi xabarda.

26 mart kunidan e’tiboran, ushbu benzinning narxi 6200 so‘mdan 6000 so‘mga pasaytirilgan edi. Ai-91 benzin narxi 13 apreldan boshlab 5600 so‘m qilib belgilangan edi.