Dam olish kunlari havo haroratining ko‘tarilishi kutilmoqda
19 iyun 2020, 14:34

Dam olish kunlari havo haroratining ko‘tarilishi kutilmoqda

Hafta oxiri va keyingi haftaning boshida issiq havo O‘zbekistonning butun hududini qamrab oladi. Ayniqsa yakshanba va dushanba kunlari harorat ko‘tarilib, 39−42 darajagachani tashkil etadi.

Senat “Fuqarolarning jamoat tartibini saqlashda ishtirok etishi to‘g‘risida”gi qonunni rad etdi
19 iyun 2020, 13:32

Senat “Fuqarolarning jamoat tartibini saqlashda ishtirok etishi to‘g‘risida"gi qonunni rad etdi

Oliy Majlis Senati “Fuqarolarning jamoat tartibini saqlashda ishtirok etishi to‘g‘risida” gi qonunni byurokratik tartib-taomillarni kuchaytirishi, qonunlarni chetlab o‘tishga qaratilgan ko‘plab qarorlar qabul qilinishiga sabab bo‘lishi mumkinligi sababli qabul qilmadi.

“Jayron” ekomarkazida turizm uchun sharoitlar yaxshilanadi
19 iyun 2020, 13:29

“Jayron” ekomarkazida turizm uchun sharoitlar yaxshilanadi

Ekoturizmni rivojlantirish uchun Buxoro viloyatidagi “Jayron” qo‘riqxonasida turistik infrastruktura tashkil etiladi. Bu yerda tashrif markazi, muzey, kuzatuv binosi va maydonlari yaratiladi, shuningdek, o‘kuvchilar va talabalar uchun ekskursiyalar tashkil etiladi.

«O‘zbekistonda 300 mingga yaqin ehtiyojmand xonadon mavjud» — Tanzila Narbayeva
19 iyun 2020, 11:10

«O‘zbekistonda 300 mingga yaqin ehtiyojmand xonadon mavjud» — Tanzila Narbayeva

O‘zbekistondagi 7 milliondan ortiq xonadonning 300 mingga yaqini (4,1 foizi) ehtiyojmand hisoblanadi. Ularni kambag‘alikdan chiqarish choralari ko‘rilmoqda. 8 milliondan ortiq fuqaroga qariyb 30 trillion so‘mlik imtiyoz va preferensiyalar berildi.

Qarshida o‘g‘il ko‘zi ojiz va yura olmaydigan otasi va o‘zining ustiga benzin quyib, yoqib yubordi
19 iyun 2020, 10:20

Qarshida o‘g‘il ko‘zi ojiz va yura olmaydigan otasi va o‘zining ustiga benzin quyib, yoqib yubordi

Qarshi shahrida muqaddam sudlangan o‘g‘il o‘zaro kelishmovchilik tufayli ko‘zi ojiz va yura olmaydigan keksa otasi va o‘zining ustiga benzin sepib, yoqib yubordi. Har ikkisi ham og‘ir kuyishdan vafot etdi.

Koronavirus bemorlari soni 5855 nafarga yetdi
19 iyun 2020, 10:02

Koronavirus bemorlari soni 5855 nafarga yetdi

Koronavirus bemorlari soni 88 nafarga ortib, jami 5855 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarining 27 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida va 61 nafari Toshkent shahrida (shundan 10 nafari aholi orasida) aniqlangan.

Sirdaryoda 5 ta avtomashina to‘qnashuvida 2 yo‘lovchi qurbon bo‘ldi
19 iyun 2020, 08:30

Sirdaryoda 5 ta avtomashina to‘qnashuvida 2 yo‘lovchi qurbon bo‘ldi

Sirdaryo viloyatida Captiva haydovchisi Cobalt mashinasini o‘ng tomondan quvib o‘tmoqchi bo‘ldi va yo‘l chetidagi ikkita avtomobil bilan to‘qnashuv sodir etdi. Jami beshta avtomobil ishtirokidagi YTH natijasida ikki kishi vafot etdi, bir kishi jarohatlandi.

Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyevga maktub yo‘llab, qisqa fursatlarda virusni yengib o‘tishiga ishonch bildirdi
19 iyun 2020, 01:43

Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyevga maktub yo‘llab, qisqa fursatlarda virusni yengib o‘tishiga ishonch bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyevga yo‘llagan maktubida uning koronavirus kasalligiga chalingani to‘g‘risidagi xabarni katta xavotir bilan qabul qilganini ta’kidladi. O‘zbekiston prezidenti Elboshi virusni qisqa fursatlarda yengib o‘tishiga ishonch bildirdi.

COVID-19 bo‘yicha kunlik o‘sish 85 tani tashkil etdi
18 iyun 2020, 23:34

COVID-19 bo‘yicha kunlik o‘sish 85 tani tashkil etdi

O‘zbekistonda kun davomida 85 kishida koronavirus aniqlanib, jami holatlar 5767 taga yetdi

O‘zbekistonda yil boshidan buyon 60 dan ziyod kishi cho‘kib ketdi
18 iyun 2020, 22:14

O‘zbekistonda yil boshidan buyon 60 dan ziyod kishi cho‘kib ketdi

Yil boshidan buyon O‘zbekistonda 64 kishi cho‘kib ketdi. Ularning 20 nafardan ziyodi voyaga yetmaganlardir.

“Og‘zidan ko‘pik oqib, boshi yorilgan edi” — Andijonda qiynoqlar qurbonining singlisi
18 iyun 2020, 22:04

“Og‘zidan ko‘pik oqib, boshi yorilgan edi” — Andijonda qiynoqlar qurbonining singlisi

Andijonda qiynoqlardan vafot etgan Alijon Abdukarimovning singlisi Daryo.uz nashriga bergan intervyusida akasi yil boshidan buyon bir necha marta IIBga chaqirilganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, akasini fuqaro kiyimidagi odamlar raqamsiz avtomobilda olib ketgan.

Davlat ulushi bo‘lgan korxonalar moliyaviy hisobotlarini e’lon qiladi
18 iyun 2020, 20:05

Davlat ulushi bo‘lgan korxonalar moliyaviy hisobotlarini e’lon qiladi

Davlat ulushi bo‘lgan korxonalarga xalqaro standartlarga bo‘yicha moliyaviy ma’lumotlarni e’lon qilish talabi qo‘yiladi. Jumladan, daromad va xarajatlar, qarzdorlik, kreditlar bo‘yicha majburiyatlar va boshqa statistik ma’lumotlar jamoatchilikka taqdim etiladi.

Karantin davrida Toshkentda 3270 ta nikoh qayd etildi
18 iyun 2020, 19:39

Karantin davrida Toshkentda 3270 ta nikoh qayd etildi

Karantin davrida Toshkentda FHDYO bo‘limlari tomonidan 3270 ta nikoh qonuniy qayd etildi.

Vazirlar Mahkamasi xodimlarida koronavirus simptomlarsiz kechayotgani ma’lum bo‘ldi
18 iyun 2020, 18:43

Vazirlar Mahkamasi xodimlarida koronavirus simptomlarsiz kechayotgani ma’lum bo‘ldi

Vazirlar Mahkamasining koronavirus aniqlangan ikki xodimida kasallik klinik belgilarsiz kechayotgani ma’lum qilindi. Ayni paytda hukumat doimiy tartibda ishlamoqda

Rossiyada Telegram messenjeridan cheklovlar olib tashlandi
18 iyun 2020, 18:34

Rossiyada Telegram messenjeridan cheklovlar olib tashlandi

Rossiya hududida 2018 yildan buyon rasman taqiqda bo‘lgan Telegram messenjeridan cheklovlar olib tashlandi. Roskomnadzor messenjer asoschisining terrorizm va ekstremizga qarshi kurashga tayyorligini ijobiy baholadi.

️Majburiy ijro byurosining bir qator vakolatlari boshqa tashkilotlarga o‘tkaziladi
18 iyun 2020, 17:10

️Majburiy ijro byurosining bir qator vakolatlari boshqa tashkilotlarga o‘tkaziladi

Prezident farmoni bilan 1️ avgustdan Majburiy ijro byurosining bir qator vakolatlari boshqa tashkilotlarga o‘tkaziladi

Koronavirusdan sog‘ayganlar soni 4166 nafarga yetdi
18 iyun 2020, 17:07

Koronavirusdan sog‘ayganlar soni 4166 nafarga yetdi

Toshkent yana 35 nafar koronavirus bemori tuzalib, O‘zbekiston bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 4166 nafarga yetdi.

Koronavirus holatlari soni oshdi
18 iyun 2020, 17:05

Koronavirus holatlari soni oshdi

O‘zbekistonda 33 kishida koronavirus aniqlanib, jami holatlar 5730 taga yetdi. Yangi holatlarning 23 tasi Rossiya, BAA va Qozog‘istondan kelib, karantinga olinganlar orasida qayd etildi.

Toshkentda “Kamaz” reklama ustuniga borib urilishi oqibatida ikki kishi vafot etdi
18 iyun 2020, 16:51

Toshkentda “Kamaz” reklama ustuniga borib urilishi oqibatida ikki kishi vafot etdi

Toshkentning Shayxontohur tumanida “Kamaz” yo‘l yoqasida o‘rnatilgan reklama ustuni hamda temir-beton bordyurga borib urildi. YTH va yong‘in oqibatida ikki kishi vafot etdi.

Tramp Xitoy mansabdorlariga qarshi sanksiya qo‘llash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
18 iyun 2020, 16:30

Tramp Xitoy mansabdorlariga qarshi sanksiya qo‘llash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

AQSH prezidenti Donald Tramp Xitoyda uyg‘urlar va boshqa musulmon ozchilik guruhlarga nisbatan tazyiq o‘tkazgan mansabdor shaxslarga nisbatan sanksiya qo‘llash borasidagi qonunni imzoladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting