Payshanba, 18 iyun kuni O‘zbekistonda 85 ta yangi koronavirus holat qayd etildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Shundan 54 nafari Karantin muassasalarida, 28 nafari aholi orasida (shundan 14 nafari Toshkent viloyatida, 13 nafari Toshkent shahrida hamda 1 nafari Qashqadaryo viloyatida), qolgan 3 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan.

Shuningdek, 68 nafar koronavirus bemori sog‘aydi. Ularning barchasi Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida shifo topishdi.

️Hozirda kasallik qayd etilgan jami 5767 nafar bemordan 4199 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 72 foizni tashkil etmoqda.

️Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1549 nafar bemordan 12 nafari og‘ir ahvolda.

️Hozirda uy karantinida 30 434 nafar, statsionar karantinda esa 22 343 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.