Samarqandda to‘qnashuv oqibatida avtobus ag‘darildi
26 dekabr 2020, 11:18

Samarqandda to‘qnashuv oqibatida avtobus ag‘darildi

Samarqand shahrida yo‘lovchi tashuvchi avtobus va Niva rusumli transport vositalari ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lib, avtobus ag‘darildi. Avtobusda yo‘lovchilar bo‘lmagan, haydovchisi esa shifoxonaga yotqizilgan.

Nima tayyorlaymiz: yangi yil uchun salatlar
26 dekabr 2020, 10:30

Nima tayyorlaymiz: yangi yil uchun salatlar

Zira.uz yangi yil dasturxoni uchun siz bilgan va bilmagan salat retseptlari hamda noodatiy bezash usullarini taqdim etadi.

Jizzaxda hokimning qiziga tegishli kompaniyaning 2 mlrd so‘mlik loyihalarni qo‘lga kiritgani o‘rganilmoqda
26 dekabr 2020, 09:11

Jizzaxda hokimning qiziga tegishli kompaniyaning 2 mlrd so‘mlik loyihalarni qo‘lga kiritgani o‘rganilmoqda

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Jizzax viloyatida ta’sischilari orasida viloyat hokimining qizi ham bo‘lgan kompaniya ko‘chalarni ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha ikkita tanlovda g‘olib chiqqani bilan bog‘liq holatni o‘rganishini ma’lum qildi.

Mehnat migrantlariga Rossiyada ishlash uchun «patent» olish osonlashadi
25 dekabr 2020, 18:23

Mehnat migrantlariga Rossiyada ishlash uchun «patent» olish osonlashadi

O‘zbekistonlik mehnat muhojirlariga Rossiyada ishlash uchun ruxsat (patent) olishni soddalashtirishga erishildi. Unga ko‘ra, Toshkentda migrantlarga ruxsatnoma berish xizmatini ko‘rsatuvchi Rossiyaning tegishli tashkilotlari filiallari ochiladigan bo‘ldi.

Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan uchrashdi
25 dekabr 2020, 18:01

Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev birinchi marta o‘tkazilayotgan O‘zbekiston yoshlari forumiga tashrif buyurib, nutq so‘zladi. Davlat rahbari o‘z nutqida Uchinchi Renessans, yosh volontyorlar faoliyati, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha Toshkent tajribasi, «Yoshlar: 1+1» dasturi, Yoshlar kichik sanoat zonalari, «Yoshlar murojaati» elektron platformasi, tadbirkorlikka o‘qigan yoshlarga 4 foizlik kreditlar, yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlash va boshqa mavzularga to‘xtaldi.

4 yanvardan pasport o‘rniga ID-kartalar beriladi
25 dekabr 2020, 17:44 1

4 yanvardan pasport o‘rniga ID-kartalar beriladi

Ichki pasport o‘rnini egallashi kutilayotgan shaxsni identifikatsiyalovchi ID-kartalar 4 yanvardan berila boshlanadi. Uni olish uchun hech qanday maxsus hujjatlar talab etilmaydi, faqat pasport, ariza va davlat boji to‘lovi talab etiladi.

Voyaga yetmaganlarni majburlab ishlatganlar 5 yilgacha muddatga qamalishi mumkin
25 dekabr 2020, 17:40

Voyaga yetmaganlarni majburlab ishlatganlar 5 yilgacha muddatga qamalishi mumkin

Voyaga yetmaganlarni majburiy mehnatga jalb qilganlik uchun jazoni keskinlashtirishga oid qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi. Shuningdek, voyaga yetmaganlarni g‘ayriqonuniy jamoat birlashmalari va diniy tashkilotlar faoliyatida qatnashishga undaganlarni og‘ir holatda 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish taklif etilmoqda.

«Sardoba ishi» bo‘yicha yopiq sud jarayoni boshlandi
25 dekabr 2020, 16:27 1

«Sardoba ishi» bo‘yicha yopiq sud jarayoni boshlandi

21 dekabr kuni sudlanuvchilar M. Xolmatov va boshqalar (jami 17 kishi) ga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha yopiq sud jarayoni boshlandi.

Qonunga zid izohlar uchun javobgarlik joriy qilindi
25 dekabr 2020, 16:14

Qonunga zid izohlar uchun javobgarlik joriy qilindi

OAV va bloglarda qoldirilgan izohlar uchun javobgarlik joriy etilmoqda. AOKA qonunga zid izohlar haqida resurs egasi va blogerlarni ogohlantiradi, 24 soat ichida izohlar o‘chirilmasa, sudga murojaat qilishi mumkin.

Dam olish kunlari qor yog‘ishi kutilmoqda
25 dekabr 2020, 15:48

Dam olish kunlari qor yog‘ishi kutilmoqda

Dam olish kunlari harorat pasayadi va yakshanba kuni 3 daraja, sovuq -2 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Yakshanba kuni yog‘ingarchilik bo‘ladi, u sovuq fonda qor ko‘rinishida davom etadi. Ayrim hududlarida shamol 15−20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

Andijon viloyatida 738 mln so‘mlik pirotexnika va tropikamid musodara qilindi
25 dekabr 2020, 15:13

Andijon viloyatida 738 mln so‘mlik pirotexnika va tropikamid musodara qilindi

Andijonda yuk mashinasida umumiy qiymati 738 mln so‘m bo‘lgan pirotexnika mahsulotlari va «Tropikamid» preparati noqonuniy olib ketilayotgani aniqlandi.

Samarqandda tezyurar avtobuslar ishga tushiriladi
25 dekabr 2020, 12:45

Samarqandda tezyurar avtobuslar ishga tushiriladi

2021 yil sentyabr oyiga qadar Samarqand shahrida tezyurar avtobus liniyasini ishga tushirish rejalashtirilmoqda. 12 kilometrlik uzoqlikdagi liniya uchun Xitoydan katta sig‘imga ega avtobuslar sotib olinishi ko‘zda tutilmoqda.

Jizzax shahrini manzarali daraxtlar va gullar bilan bezash uchun 2 mlrd so‘m sarflangan
25 dekabr 2020, 12:42

Jizzax shahrini manzarali daraxtlar va gullar bilan bezash uchun 2 mlrd so‘m sarflangan

Jizzax viloyati hokimligi Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi noyabr oyida Jizzax shahri ko‘chalarini ko‘rkamlashtirish maqsadida daraxtlar va gullar ekish uchun buyurtmachilarni tanlab olish maqsadida e’lon qilgan tanlovda My Flower MCHJ yutgan. Mablag‘lar viloyat hokimi Saliyev Ergash farmoyishi bilan mahalliy byudjetning oshirib bajarilgan qismidan ajratilgan. Ma’lum bo‘lishicha, sub’ektining 50,80% ulushi Saliyeva Nargiza Ergashevnaga tegishli.

Korrupsiya haqida xabar berganlar to‘g‘risidagi ma’lumot davlat siri etib belgilanishi mumkin
25 dekabr 2020, 12:41

Korrupsiya haqida xabar berganlar to‘g‘risidagi ma’lumot davlat siri etib belgilanishi mumkin

Korrupsiya to‘g‘risida axborot berayotganlarning shaxsi sir saqlanishi, o‘zi va yaqin qarindoshlarining ijtimoiy-huquqiy himoya qilinishi davlat tomonidan kafolatlanadi. Bu boradagi qonun loyihasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.

Qashqadaryoda janjal paytida o‘g‘lini himoya qilgan erkak vafot etdi
25 dekabr 2020, 11:57

Qashqadaryoda janjal paytida o‘g‘lini himoya qilgan erkak vafot etdi

Qashqadaryo viloyatida ikki shaxs orasidagi adovat tufayli janjal yuzaga kelgan. Ulardan birini himoya qilish uchun kelgan ota tan jarohati olib, shifoxonada vafot etdi.

Buxoroda ayol va voyaga yetmagan ikki nafar bola is gazidan zaharlanib vafot etdi
25 dekabr 2020, 11:40

Buxoroda ayol va voyaga yetmagan ikki nafar bola is gazidan zaharlanib vafot etdi

Buxoro viloyatida 29 yoshli ayol, uning 6 va 2 yoshli farzandlari is gazidan zaxarlanish tufayli hosil bo‘lgan nafas va yurak qon tomiri yetishmovchiligidan vafot etdi.

2021 yilda dunyodagi birinchi to‘laqonli sun’iy yurak sotuvga chiqadi
24 dekabr 2020, 21:05

2021 yilda dunyodagi birinchi to‘laqonli sun’iy yurak sotuvga chiqadi

Dunyodagi birinchi to‘laqonli sun’iy yurak 2021 yilning ikkinchi choragidan sotuvga chiqarilishi mumkin. Fransiyaning Carmat kompaniyasi ushbu qurilmani yaratish bo‘yicha ishlarni 27 yil oldin boshlagan edi.

Jahon yangiliklari dayjesti
24 dekabr 2020, 19:11

Jahon yangiliklari dayjesti

Maya Sandu Moldova prezidenti lavozimiga kirishgani, Xitoyning Alibaba Group ustidan tergovni boshlashi, Trampning harbiy byudjet loyihasiga qarshi chiqqani, Isroilda yilning uchinchi lokdauni joriy etilishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Pandemiya sabab jurnalistlarning muammolari jiddiylashdi — YUNESKO
24 dekabr 2020, 19:08

Pandemiya sabab jurnalistlarning muammolari jiddiylashdi — YUNESKO

YUNESKOning ma’lum qilishicha, 2020 yilda o‘z vazifasini bajarish davomida 59 nafar jurnalist o‘ldirilgan. Tashkilot pandemiya boshlanishi bilan jurnalistlarning xavfsizligi borasidagi muammolar ham jiddiylashganini aytmoqda.

So‘nggi 11 oyda oilaviy zo‘ravonlikka uchragan 10 mingga yaqin xotin-qizga himoya orderi berildi
24 dekabr 2020, 18:05

So‘nggi 11 oyda oilaviy zo‘ravonlikka uchragan 10 mingga yaqin xotin-qizga himoya orderi berildi

Tanzila Norboyevaning ma’lum qilishicha, 2020 yilning dekabr oyiga qadar reabilitatsiya markazlari tomonidan 5 876 nafar tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan ayolga yordam ko‘rsatilgan va 11 138 nafar xotin-qizga ichki ishlar organlari tomonidan himoya orderi berilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting