Bosh prokuratura matbuot xizmati«Gazeta.uz» ga xabar berishiga ko‘ra, Buxoro viloyati Kogon shahrida 23 dekabr kuni fuqaro N.Q.(1991 y.t) va uning ikki nafar voyaga yetmagan farzandlari S.S.(2014 y.t) hamda B.X.(2018 y.t) larning jasadlari tan jarohatlarisiz topilgan.

Sudga oid tibbiyot ekspertizaning dastalabki xulosasiga ko‘ra, N.Q va uning farzandlarining o‘limi is gazidan zaxarlanishdan hosil bo‘lgan nafas va yurak qon tomiri yetishmovchilikdan kelib chiqqan.

Ma’lum qilinishicha, Kogon tuman gaz ta’minoti bo‘limi va Yong‘in xavfsizligi hududiy bo‘lim xodimlarining harakatlari bo‘yicha xizmat tekshiruvlari tayinlandi.

Mazkur holat yuzasidan viloyat IIB huzuridagi TB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari, «Sanoatkontexnazorat» hududiy bo‘limiga texnika xavfsizlgi qoidalariga rioya qilinganligi yoki yo‘qligi bo‘yicha ekspertiza tayinlandi.