Pirotexnika vositalari va kuchli «Tropikamid» dori vositalarining noqonuniy savdosi Davlat bojxona qo‘mitasining Andijon viloyati bo‘yicha kontrabandaga qarshi va bojxona auditi boshqarmasi xodimlari tomonidan to‘xtatildi, deb xabar berdi Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.

Bo‘ston tumanida fuqaro R.A. boshqaruvidagi ISUZU rusumli yuk avtomashinasi to‘xtatildi va tekshiruv natijasida 288 mln so‘mlik mato ostiga yashirilgan pirotexnika buyumlari topildi.

Keyingi bojxona tekshiruvi uchun yuk mashinasi viloyat bojxona boshqarmasiga olib ketildi. To‘liq ekspertiza davomida undan 1800 dona, qiymati 450 mln so‘m bo‘lgan «Tropikamid» kuchli preparat ham topilgan.

Shunday qilib, umumiy qiymati 738 mln so‘m bo‘lgan pirotexnika mahsulotlari va kuchli preparatlar noqonuniy muomaladan chiqarildi.