IIV YHXBB Axborot xizmati 26 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqda tarqalgan «Samarqand shahar, Gagarin ko‘chasida avtobus ag‘darildi» sarlavhasi ostidagi xabar yuzasidan ma’lumot berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 26 dekabr kuni soat 05:30 larda, Samarqand shahar, Gagarin va Fitrat ko‘chalari kesishmasida yo‘lovchi tashuvchi avtobus va Niva rusumli transport vositalari ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lib, avtobus ag‘darilgan.

Xabar berilishicha, Avtobusda yo‘lovchilar bo‘lmagan. To‘qnashuv natijasida yo‘lovchi tashuvchi avtobus haydovchisiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur hodisa yuzasidan Samarqand shahar IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, to‘qnashuv sabablariga aniqlik kiritilmoqda.