Bosh prokuratura «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qonun лойiҳасiнi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qildi.

Mazkur hujjatga asosan Jinoyat kodeksi «148−3-moddaci — Voyaga yetmagan shaxsni majburiy mehnatga jalb qilish» bilan to‘ldirish taklif etilmoqda.

Ushbu moddaga ko‘ra, Voyaga yetmagan shaxsni uning sog‘lig‘iga, xavfsizligiga yoki axloq-odobiga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan ishlarga majburiy jalb qilish — BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki 1 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakat voyaga yetmagan shaxsning sog‘lig‘iga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa — 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 1 yildan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakat voyaga yetmagan shaxsning sog‘lig‘iga og‘ir shikast yetkazilishiga yoki boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa — 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Bundan tashqari, JKning «216−1-modda — G‘ayriqonuniy jamoat birlashmalari va diniy tashkilotlar faoliyatida qatnashishga undash» ikkinchi qism bilan to‘ldirilmoqda: O‘sha harakatlar voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa — 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.