2021 yil sentyabr oyiga qadar Samarqand shahrida tezyurar avtobus liniyasini ishga tushirish rejalashtirilmoqda. 12 kilometrlik uzoqlikdagi liniya uchun Xitoydan katta sig‘imga ega avtobuslar sotib olinishi ko‘zda tutilmoqda, deya xabar berdi ZarNews.

Liniya «Xazora» avtobekatidan «Siyob» (Kaptarxona) gacha cho‘zilib, u Spitamen, Mirzo Ulug‘bek ko‘chalari, Universitet xiyoboni, Registon maydoni va Panjikent ko‘chasi bo‘ylab harakatlanadi.

Samarqand viloyati transport boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Jo‘rabek Qorjovovning ma’lum qilishicha, loyiha prezident Shavkat Mirziyovning buyrug‘iga ko‘ra ishlab chiqilmoqda va 2021 yil Mustaqillik bayrami arafasida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Liniyaga 16 metr uzunlikka ega 24 ta yangi avtobus qo‘yilishi rejalashtirilgan. Shunday bo‘lsada, xabarda Xitoydan 100 ta avtobus sotib olinishi aytilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida ham tezyurar avtobuslar liniyalari yo‘lga qo‘yilishi haqida xabar berilgan edi.