Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an Shvetsiyaning NATOga qabul qilinishi haqidagi protokolni tasdiqladi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar qildi.

Vengriya Shvetsiyaning alyansga qo‘shilish arizasini hali ratifikatsiya qilmagan NATOga a’zo yagona davlat bo‘lib qolmoqda. NATOga a’zo bo‘lish uchun nomzod davlatning arizasi alyansning barcha a’zolari tomonidan ma’qullanishi kerak. Bugungi kunda ittifoqqa 30 ta davlat a’zo.

Shvetsiya Finlyandiya bilan birga 2022-yilning yozida NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirgan. Mamlakatlar bu qarorga Rossiya qo‘shinlarining Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi fonida keldi.

Finlyandiya 2023-yil aprel oyida NATOga a’zo bo‘ldi. Shvetsiyaning NATOga kirishi Turkiyaning uni Kurdiston ishchilar partiyasi (rasmiy Anqara uni “terrorchi tashkilot” deb hisoblaydi) a’zolariga boshpana berganlikda ayblab kelgani fonida kechiktirildi.