Bahodir Isayev «Parrandasanoat» uyushmasiga rahbar bo‘ldi
8 iyun 2021, 15:36

Bahodir Isayev «Parrandasanoat» uyushmasiga rahbar bo‘ldi

«Parrandasanoat» uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari Bahodir Isayev endi tashkilotga rahbarlik qiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev seshanba kungi videoselektorda ma’lum qilgan. Unga shuningdek, Veterinariya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajarish ham yuklatildi.

15 iyundan umumta’lim maktablarida 1-sinfga qabul boshlanadi
8 iyun 2021, 15:11

15 iyundan umumta’lim maktablarida 1-sinfga qabul boshlanadi

Respublika umumta’lim maktablarining 1-sinfiga qabul 15 iyundan boshlanishi belgilandi. Ota-onalar 5 iyuliga qadar my.maktab.uz elektron plaftormasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, farzandlari 1-sinfga chiqadigan maktablarni tanlaydilar.

Samarqand xalqaro aeroportining qurilish ishlari sentyabr oyida yakunlanadi
8 iyun 2021, 15:00

Samarqand xalqaro aeroportining qurilish ishlari sentyabr oyida yakunlanadi

Samarqand shahridagi yangi zamonaviy aeroport rekonstruksiya ishlari hajmining 80 foizi bajarildi. Loyiha sentyabr oyida yakunlanishi rejalashtirilgan.

«Biz yerni haqiqiy egasi — xalqqa berishni boshlaymiz. Bu tarixiy qadam» — prezident
8 iyun 2021, 14:59

«Biz yerni haqiqiy egasi — xalqqa berishni boshlaymiz. Bu tarixiy qadam» — prezident

O‘zbekiston prezidenti aholi bandligini ta’minlashga bag‘ishlangan videoselektorda tadbirkorlik, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sohasida, xususan, ishsizlarga yer maydonlarini ajratish orqali yangi ish o‘rinlari sonini 1,5−2 baravarga oshirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

«Endi yer faqat auksionda sotiladi yoki ijaraga beriladi» — Shavkat Mirziyoyev
8 iyun 2021, 13:21

«Endi yer faqat auksionda sotiladi yoki ijaraga beriladi» — Shavkat Mirziyoyev

Prezident seshanba kungi videoselektorda endi yer faqat auksionda sotilishi yoki ijaraga berilishini ma’lum qildi. «Kimga yer kerak bo‘lsa, davlat auksionida qatnashsin, haloli bo‘lsin, yerni sotib olsin», — dedi u. Qolaversa, davlat rahbari Surxondaryo tajribasi doirasida 2021 yilning o‘zida qariyb 100 gektar g‘alladan bo‘shagan yer ishsiz aholiga berilishini ta’kidlagan.

Turkiyalik tadbirkorlar hakamlik sudiga O‘zbekistonga qarshi da’vo arizasi bilan murojaat qilishdi
8 iyun 2021, 12:56

Turkiyalik tadbirkorlar hakamlik sudiga O‘zbekistonga qarshi da’vo arizasi bilan murojaat qilishdi

Turkiyalik bir guruh tadbirkorlar, shu jumladan Mexmet Zeki Obuz, O‘zbekistonga qarshi Investitsiya bo‘yicha nizolarni hal qilish xalqaro markaziga da’vo arizasi bilan murojaat qilishdi. Obuz 2007 yilda O‘zbekistonda 16 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi.

Everestga chiqqan o‘zbekistonlikka prezident sovg‘asi topshirildi
8 iyun 2021, 12:19

Everestga chiqqan o‘zbekistonlikka prezident sovg‘asi topshirildi

Everestni zabt etgan o‘zbekistonlik alpinist Sergey Denisenko «O‘zbekiston iftixori» faxriy unvoni bilan taqdirlandi. Sportichiga prezident sovg‘asi — Trailblazer topshirildi.

15 aprel — Madaniyat va san’at xodimlari kuni etib belgilandi
8 iyun 2021, 11:41

15 aprel — Madaniyat va san’at xodimlari kuni etib belgilandi

15 aprel sanasini Madaniyat va san’at xodimlari kuni etib belgilashga oid qonun prezident tomonidan imzolandi. Hujjat bilan shuningdek, soha rivoji uchun o‘z hissasini qo‘shgan va fidokorona mehnat qilganlar «Madaniyat va san’at fidokori» ko‘krak nishoni bilan ham ayni shu kuni taqdirlanishi belgilanmoqda.

O‘zbekistonlik qo‘l jangchilar Jahon chempionatini 30 ta medal bilan yakunladi
8 iyun 2021, 11:33

O‘zbekistonlik qo‘l jangchilar Jahon chempionatini 30 ta medal bilan yakunladi

Toshkentda bo‘lib o‘tgan qo‘l jangi bo‘yicha Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 30 ta medalni (8 ta oltin, 11 tadan kumush va bronza) qo‘lga kiritdi va umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.

YeTTB Namangan viloyatida ichimlik suvi ta’minotini yaxshilashga $70 mln ajratadi
8 iyun 2021, 11:18

YeTTB Namangan viloyatida ichimlik suvi ta’minotini yaxshilashga $70 mln ajratadi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Namangan viloyatining uchta tumanida suv ta’minoti va kanalizatsiya infratuzilmasini qurish uchun 70 mln dollar miqdorida kredit ajratadi.

Kecha O‘zbekistonda 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi
8 iyun 2021, 11:00

Kecha O‘zbekistonda 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 102 ming 163 nafarni tashkil qilmoqda. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 268 nafar bemor kasallikdan sog‘ayib, O‘zbekistonda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

O‘zbekiston terma jamoasi Cingapur ustidan yirik hisobda g‘alabaga erishdi
8 iyun 2021, 10:01

O‘zbekiston terma jamoasi Cingapur ustidan yirik hisobda g‘alabaga erishdi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2022 saralashi doirasidagi o‘yinda Singapur darvozasiga javobsiz 5ta to‘p kiritdi. Jaloliddin Masharipov dublga erishgan bo‘lsa, Eldor Shomurodov va Odil Ahmedov ham o‘z hisoblariga gol yozdirib qo‘yishdi. Shuningdek, Irfon Fandi avtogol sohibiga aylandi.

Effect.uz jurnalistlari Andijonda kaltaklangani aytilmoqda
8 iyun 2021, 10:01

Effect.uz jurnalistlari Andijonda kaltaklangani aytilmoqda

Effect.uz sayti jurnalistlari Andijon viloyatida fuqarolar murojaatlarini o‘rganib turgan vaqtida kaltaklanganligi aytilmoqda. Mazkur holat Andijon viloyati prokuraturasi tomonidan o‘rganilmoqda.

Maydoni kamida 20 sotix bo‘lgan uy-issiqxona majmualari tashkil etiladi
8 iyun 2021, 09:08

Maydoni kamida 20 sotix bo‘lgan uy-issiqxona majmualari tashkil etiladi

O‘zbekistonda har birining maydoni kamida 20 sotix bo‘lgan uy-issiqxonalar tashkil etiladi. O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan tayyor holdagi issiqxonalar 2021 yil 31 dekabriga qadar bojxona bojidan ozod qilindi.

Bir tonnadan ziyod «Andijon muzqaymoq» iste’molga yaroqsiz deb topildi
8 iyun 2021, 08:32

Bir tonnadan ziyod «Andijon muzqaymoq» iste’molga yaroqsiz deb topildi

Toshkentda o‘tkazilgan reydlar davomida 1 tonnadan ziyod «Andijon muzqaymoq» tarkibida ichak tayoqchasi va oltinrang stafilokokk aniqlangani sababli iste’molga yaroqsiz deb topildi.

Toshkent hokimiyati tozalash inshootlarining badbo‘y hidini qanday yo‘qotishni o‘rganmoqda
7 iyun 2021, 22:22

Toshkent hokimiyati tozalash inshootlarining badbo‘y hidini qanday yo‘qotishni o‘rganmoqda

Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev poytaxtdagi tozalash inshootlaridan chiqayotgan badbo‘y hidni bartaraf etish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazib, muammoni nazoratiga oldi.

676 turdagi texnologik uskunalar importi boj va QQSdan ozod qilindi (ro‘yxat)
7 iyun 2021, 20:53

676 turdagi texnologik uskunalar importi boj va QQSdan ozod qilindi (ro‘yxat)

Hukumat O‘zbekistonga import qilishda bojxona to‘lovlari va QQSdan ozod qilingan 676 turdagi texnologik uskunalar ro‘yxatini tasdiqladi. Ular orasida yadro reaktorlari, qandolatchilik sanoati, kakao kukuni yoki shokolad ishlab chiqarish uchun uskunalar, yo‘lovchi samolyotlari, tibbiy asbob-uskunalarning ayrim turlari va boshqalar bor.

Jahon yangiliklari dayjesti
7 iyun 2021, 20:50

Jahon yangiliklari dayjesti

Burkina-Fasoda jangarilarning qishloqqa hujumi natijasida 160 kishining halok bo‘lgani, Google’ning Fransiyaga 220 mln yevro miqdorida jarima to‘lashi, Chernobil zonasida turizmning rivojlantirilishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Ko‘chma savdo tartibga solinadi
7 iyun 2021, 19:03

Ko‘chma savdo tartibga solinadi

Ko‘chma savdo bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan tadbirkorlar «K-SAVDO» axborot tizimi orqali elektron ro‘yxatdan o‘tishlari kerak bo‘ladi. Savdo joyi onlayn auksionda sotiladi.

Yevroittifoq O‘zbekiston agrosektorini rivojlantirishga 11 mln yevro ajratdi
7 iyun 2021, 18:33

Yevroittifoq O‘zbekiston agrosektorini rivojlantirishga 11 mln yevro ajratdi

Yevropa ittifoqi O‘zbekistonga agrooziq-ovqat sektorini qo‘llab-quvvatlash va qishloq aholisi turmush darajasini yaxshilashga 11 mln yevro ajratdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting