Ayni kungacha O‘zbekistonda jami 2 383 457 doza vaksinadan foydalanildi, deya xabar berdi SSV matbuot xizmati. Ulardan 1-bosqich emlanganlar 1 488 169 doza, 2-bosqichda emlanganlar 882 078 nafarni, 3-bosqich emlanganlar 13 210 nafarni tashkil qildi.

7 iyunda O‘zbekiston bo‘ylab 47 460 doza COVID-19'ga qarshi vaksina qo‘llanildi. Shulardan 1-bosqich emlanganlar 21 031 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 21 961, 3-bosqich emlanganlar 4468 nafarni tashkil qildi.

Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarni Farg‘ona viloyati (291 375 doza), Namangan viloyatida (280 173 doza), Andijon viloyatida (276 378 doza) tashkil qilmoqda.


So‘nggi kun ichida O‘zbekistonda 199 ta yangi kasallanish holati qayd etilgan bo‘lib, 7 iyun holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 102 163 nafarni tashkil etmoqda.

Shuningdek, so‘nggi bir kun ichida 268 nafar bemor kasallikdan sog‘aygan bo‘lib, O‘zbekiston bo‘yicha jami tuzalganlar soni 98 129 nafarga yetdi. Buning natijasida, mamlakatda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Kecha, shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 699 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3335 nafar bemor davolanmoqda.