Vazirlar Mahkamasining 4 iyundagi (352-sonli) qarori bilan respublikada ishlab chiqarilmaydigan, O‘zbekiston hududiga olib kirilganda bojxona to‘lovlari va qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) dan ozod qilingan texnologik uskunalar ro‘yxati tasdiqlandi, bu haqda Adliya vazirligidan «Gazeta.uz»ga xabar berildi.

Farmonga muvofiq, ushbu ro‘yxatga kiritilgan maxsus kodlar (TN VED) bo‘lgan yangi texnologik uskunalarga import bojlari va QQSni to‘lash bo‘yicha imtiyozlar qo‘llaniladi.

Yangi texnologik uskunalar deb «erkin muomalaga chiqarish» bojxona rejimida bojxona rasmiylashtiruvi paytida ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshmagan texnologik uskunalarga aytiladi.

676 turdagi texnologik uskunalar ro‘yxatida quyidagilar ham o‘rin olgan:

  • yadro reaktorlari;
  • izotoplarni ajratish uchun uskunalar va moslamalar;
  • sutga ishlov berish va uni qayta ishlash uskunalari;
  • non mahsulotlari, makaron, spagetti yoki shunga o‘xshash mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun uskunalar;
  • qandolat sanoati uchun uskunalar, kakao kukuni yoki shokolad ishlab chiqarish;
  • go‘sht yoki parranda go‘shtini qayta ishlash uskunalari;
  • iplarni bo‘yash mashinalari;
  • avtomatik tikuv mashinalari;
  • 50 dan ortiq yo‘lovchilar o‘rindig‘iga ega, ammo 300 kishidan kam bo‘lgan fuqarolik yo‘lovchi samolyotlari;
  • tibbiy asbob-uskunalarning ayrim turlari va boshqalar.


s