7 iyun kuni Toshkentda qo‘l jangi bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi VI Jahon chempionati yakunlandi. O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobda 1-o‘rinni egalladi. Bu haqda qo‘l jangi federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Avvalroq musobaqaning dastlabki ikki kunida o‘zbekistonlik sportchilar sakkizta medalni (ikkita oltin, to‘rtta kumush va ikkita bronza) qo‘lga kiritishgani haqida xabar bergan edik. Jahon chempionatining so‘nggi kunida terma jamoa a’zolari yana 22 ta medalni qo‘lga kiritishdi. Oltin medal sohibiga aylangan sportchilar:

  • 50 kg Normatova Guljahon
  • 55 kg Quvondikova Maftuna
  • 60 kg Jaloliddinova Sug‘diyona
  • 60 kg Jamollidinov G‘iyosiddin
  • 70 kg Kim Sabina
  • 70 kg Normurodov Olim
  • 85 kg Nizomiddinov Ulug‘bek
  • 90 kg Rahmonaliyev Jamshid

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egallab, chempionatni 8 ta oltin, 11 ta kumush va 11 ta bronza medallari bilan yakunladi. 2-o‘rinni rossiyalik sportchilar qo‘lga kiritishgan bo‘lsa, Qozog‘iston terma jamoasi 3-pog‘onani egalladi.