8 iyun kuni prezident Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishini o‘tkazdi. «Gazeta.uz» muxbirining xabar berishicha, kun tartibidan o‘rin olgan masala — qishloq xo‘jaligi, tadbirkorlik va xizmatlarni rivojlantirish orqali aholi bandligini ta’minlash hamda chorva, parranda va baliq mahsulotlarini ko‘paytirishdan iborat.

Davlat rahbari unda hokimlar qarori bilan yer ajratish amaliyoti bekor qilinishini qayd etdi. «Bugun farmonga imzo chekdim», — dedi u.

Yig‘ilishda shuningdek, Navoiy viloyatida yer maydonini ajratish orqali ikki oyda tadbirkorlar soni 45 foizga ko‘paygani aytilgan.

«Men ishonaman, agar viloyat hokimi Qobul Tursunov biroz ko‘proq harakat qilsa, yil oxiriga qadar bu ko‘rsatkichni 145 foizga oshiradi. Navoiyda — cheksiz yerlar va resurslar mavjud. Ko‘p narsa o‘zinga bog‘liq ekanligini tushunding… Navoiy viloyatida ishsizlik masalasi bo‘lishi kerak emas», — dedi prezident.

U so‘zida davom etar ekan, Surxondaryo xalqini ish bilan ta’minlash choralariga ham to‘xtalib o‘tdi.

«Misol uchun, Surxondaryoda biz 500 mln yoki 1 mlrd dollarlik yirik korxonalarni tashkil etishimiz mumkin. Lekin, bu korxonada eng ko‘pi bilan 1000 kishi ishlay oladi. Lekin, Surxondaryoda — 200 ming ishsiz bor. Surxondaryo xalqini faqat yer hisobidan boqish mumkin», — dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yer maydonlarini shunday ajratish kerak emas, balki avvaliga odamlarni o‘qitish lozim. «Biz yerni haqiqiy egalari — xalqqa berishni boshlaymiz. Bu tarixiy qadam», — dedi prezident.

Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoning yuzlab mahallalarida odamlar o‘zining daromad manbasiga egaligi bois, birorta ham jinoyat sodir etilmaganini ta’kidladi.

«Yomon odam bo‘lmaydi, yomon hokimlar, yomon sektor rahbarlari, yomon shahar hokimlari bo‘ladi», — dedi prezident rahbarlarning odamlarga sharoit yaratib berishdagi o‘rni haqida gapira turib.

Yig‘ilishda shuningdek, Navoiy viloyatida 40 ming gektar yer maydonini ajratish va 120 ming kishini ish ta’minlash rejalashtirilayotgani ma’lum qilindi.

Avvalroq xabar qilinganidek, joriy yilda bandlik dasturi doirasida 457 mingta doimiy yangi ish o‘rinlarini tashkil etish ko‘zda tutilgan.

«Tadbirkorlik, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi bo‘yicha qabul qilingan qarorlar ijrosini ta’minlab, yangi ish o‘rinlarini 1,5−2 baravarga oshirish mumkin», — dedi prezident.

Mas’ul rahbarlar, viloyat hokimlari va banklar xizmat ko‘rsatish соҳасидаги loyihalarni tezlashtirishi lozimligi va 175 mingdan ortiq doimiy ish o‘rnini (75 ming — uchinchi chorakda, 100 ming — yil yakuniga qadar) yaratishi kerakligi aytildi.

Ta’kidlanishicha, xalqaro va viloyatlararo magistral yo‘llar yoqasida savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarini tashkil etib, 50 mingta, shahar va tuman markazlarida maxsus ko‘chalar, har bir tuman markazi va mahallada xizmatlari tashkil etib, kamida 100 mingta ish o‘rinlari yaratilishi shart.

Jamshid Qo‘chqorov, Sardor Umurzoqov viloyat hokimlari va tijorat banklari bilan birga, sanoatda qo‘shimcha loyihalar hisobiga, qolgan 7 oyda 175 mingta doimiy yangi ish o‘rinlarini яратishга mas’ul va javobgar bo‘ladilar.

«Gazeta.uz» bunga qadar, prezident ayni shu yig‘ilishda endi yer faqat auksionda sotilishi yoki ijaraga berilishini ma’lum qilgani haqida yozgan edi. «Kimga yer kerak bo‘lsa, davlat auksionida qatnashsin, haloli bo‘lsin, yerni sotib olsin», — degan davlat rahbari.