Ruslan Mirzayev SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi direktori bo‘ldi
17 sentabr 2021, 15:04

Ruslan Mirzayev SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi direktori bo‘ldi

Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi mas’ul xodimi Ruslan Mirzayev SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi direktori lavozimiga tasdiqlandi.

SHHT sammiti raisligi rasman O‘zbekistonga o‘tdi
17 sentabr 2021, 14:46

SHHT sammiti raisligi rasman O‘zbekistonga o‘tdi

2021−2022 yillarda o‘tkaziladigan Shanxay hamkorlik tashkilotining sammitiga raislik qilish O‘zbekistonga rasman o‘tdi. Sammit doirasida sanoat kooperatsiyasi dasturini qabul qilish, kambag‘allikni kamaytirish, turizm sohasida hukumatlararo bitimni ishlab chiqish, yuqumli kasalliklarga qarshi kurashishni nazarda tutuvchi «Yo‘l xaritasi»ni qabul qilish kabi vazifalar belgilangan.

Shavkat Mirziyoyev SHHT davlatlarini Afg‘onistondagi yangi hokimiyat bilan dialog qilishga chaqirdi
17 sentabr 2021, 14:44

Shavkat Mirziyoyev SHHT davlatlarini Afg‘onistondagi yangi hokimiyat bilan dialog qilishga chaqirdi

«[Afg‘onistonda] hokimiyat tepasiga yangi kuchlar keldi. Bu yuz bergan fakt», — dedi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev SHHT sammitida. U Afg‘onistonda gumanitar inqirozning oldini olish maqsadida chet el banklaridagi afg‘on aktivlarini muzlatishni to‘xtatishni taklif etdi. Shuningdek, davlat rahbari SHHT-Afg‘oniston formatida oliy darajadagi doimiy uchrashuvlar o‘tkazishni taklif qildi.

«Sizning tajribangizni qo‘llashdan xursand bo‘lamiz» — Shavkat Mirziyoyev Eron prezidentining korrupsiyaga qarshi kurashi xaqida
17 sentabr 2021, 12:57

«Sizning tajribangizni qo‘llashdan xursand bo‘lamiz» — Shavkat Mirziyoyev Eron prezidentining korrupsiyaga qarshi kurashi xaqida

Prezident Shavkat Mirziyoyev Eron prezidenti Ibrohim Raisiy bilan uchrashuvda uning iqtisodiy korrupsiyaga qarshi kurashdagi tajribasidan foydalanishini ta’kidladi. Davlatlar rahbarlari «Shimol-Janub» koridorini Chorboxor porti bilan faollashtirish masalalarini ham muhokama qilishdi.

Dam olish kunlari iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda
17 sentabr 2021, 12:38

Dam olish kunlari iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

Shanba va yakshanba kunlari mamlakatda iliq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati +32…+35 darajada bo‘ladi. Shuningdek, keyingi haftaning boshida sovuq antitsiklon ta’siri kuchayishi kutilmoqda.

Toshkentda “Hizb ut-Tahrir” terroristik tashkiloti a’zoligida gumon qilingan 12 kishi ushlandi
17 sentabr 2021, 12:11

Toshkentda “Hizb ut-Tahrir” terroristik tashkiloti a’zoligida gumon qilingan 12 kishi ushlandi

Toshkent shahar IIBB Toshkent shahrida “Hizb ut-Tahrir” terroristik tashkiloti a’zolari sifatida gumon qilingan shaxslar ushlanib, qamoqqa olinganini ma’lum qildi. Hozirda tergov-surishtiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.

O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 25 mlrd dollarga yetdi. Passiv balans o‘sishda davom etmoqda
17 sentabr 2021, 12:01

O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 25 mlrd dollarga yetdi. Passiv balans o‘sishda davom etmoqda

Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 25 mlrd dollarni tashkil etdi. Tashqi savdoda 6,4 mlrd dollar miqdorida passiv balans kuzatildi.

O‘zbekiston MDH davlatlari aholisi bandligi bo‘yicha bitimni tasdiqladi
17 sentabr 2021, 11:09

O‘zbekiston MDH davlatlari aholisi bandligi bo‘yicha bitimni tasdiqladi

Prezident MDH ishtirokchi-davlatlari aholisi bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha Bitimni tasdiqlash bo‘yicha qarorni imzoladi. Shartnoma norasmiy bandlikni qisqartirish bo‘yicha samarali hamkorlikni amalga oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Jahon banki Doing Business hisobotini butunlay to‘xtatdi
17 sentabr 2021, 10:49

Jahon banki Doing Business hisobotini butunlay to‘xtatdi

Jahon banki Doing Business hisobotini oldingi reytinglardagi xatoliklar va manipulyatsiyalar sababli butunlay to‘xtatdi. 2018 yilda O‘zbekiston prezidenti mamlakatda tadbirkorlik uchun sharoitlar yaratish va shu orqali 2022 yilda ushbu reytingda eng yaxshi 20 ta davlat qatoriga kirish bo‘yicha topshiriq bergan edi.

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi to‘liq emlanganlar soni 3,5 mln nafardan oshdi
17 sentabr 2021, 10:43

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi to‘liq emlanganlar soni 3,5 mln nafardan oshdi

16 sentabr kuni O‘zbekistonda 216 ming 245 doza koronavirusga qarshi vaksina qo‘llanildi. Shu kungacha to‘liq emlangan fuqarolar 3 mln 517 ming 178 nafarni yoki O‘zbekiston aholisining 10,04 foizini tashkil qilmoqda.

16 sentabr kuni O‘zbekistonda 624 kishida koronavirus aniqlandi
17 sentabr 2021, 10:23

16 sentabr kuni O‘zbekistonda 624 kishida koronavirus aniqlandi

Kecha kun davomida O‘zbekistonda 624 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. 4 nafar COVID-19 bemori vafot etdi. Shuningdek, payshanba kuni 133 kishida pnevmoniya qayd etildi, 1 nafar pnevmoniya bemori vafot etdi.

Toshkent-Kiyev aviaqatnovi tiklanmoqda
17 sentabr 2021, 10:17

Toshkent-Kiyev aviaqatnovi tiklanmoqda

«Uzbekistan Airways» 26 sentabrdan Toshkent — Kiyev — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlarni tiklamoqda. Qatnovlar 6 yildan buyon amalga oshirilmayotgan edi.

Prezidentlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqotida nimalar taqiqlangan?
17 sentabr 2021, 09:00

Prezidentlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqotida nimalar taqiqlangan?

Qaysi hollarda prezidentlikka nomzod o‘z maqomidan mahrum etilishi mumkin? Saylovda tashviqotning qanday turlariga ruxsat berilgan va qaysilari taqiqlangan? Saylov kampaniyasi davomida nomzodlarga g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari uchun qanday jazo chorasi qo‘llaniladi? «Gazeta.uz» muxbirining nomzodlarning huquqlari va majburiyatlariga oid savollariga MSK doimiy a’zosi Bahodir Yunusov javob berdi.

Ruslanbek Davletov — hukumatga ishonch va vaksinatsiya darajasi o‘rtasidagi bog‘liqlik haqida
17 sentabr 2021, 08:41

Ruslanbek Davletov — hukumatga ishonch va vaksinatsiya darajasi o‘rtasidagi bog‘liqlik haqida

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov jamiyatning hukumatga bo‘lgan ishonchi va vaksinatsiya darajasi o‘rtasidagi bog‘liqlikka to‘xtaldi. «Qayerda, qaysi mamlakatda davlatga xalqning ishonchi yuqori bo‘lsa, vaksinatsiya darajasi shuncha yuqori bo‘lyapti», — dedi vazir. U «snos» masalasi xalqning davlat organlariga ishonchiga ta’sir ko‘rsatganini esga oldi.

Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati YUNESKO butunjahon biosfera qo‘riqxonalari tarmog‘iga kiritildi
16 sentabr 2021, 22:23

Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati YUNESKO butunjahon biosfera qo‘riqxonalari tarmog‘iga kiritildi

Yo‘qolib ketish arafasida turgan Buxoro kiyiklari yashayotgan Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati YUNESKO butunjahon biosfera qo‘riqxonalari tarmog‘iga kiritildi.

16 sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
16 sentabr 2021, 21:12

16 sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Shavkat Mirziyoyevning Emomali Rahmon bilan uchrashuvi, Qoraqalpog‘istonda shamol elektr stansiyasini qurilishi, YHX xodimlarining yangi namunadagi formasi tasdiqlanishi — “Gazeta.uz"ning 16 sentabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Jahon yangiliklari dayjesti
16 sentabr 2021, 20:45

Jahon yangiliklari dayjesti

Afg‘onistonda xorijiy vizalar «qora bozori» shakllanayotgani, Xitoyda 1 mlrddan ortiq aholining COVID-19'ga qarshi to‘liq emlangani, SpaceX birinchi tijorat ekipajini orbitaga olib chiqqani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Abituriyentlarning qariyb 36 foizi o‘tish bahosini to‘play olmagan
16 sentabr 2021, 20:29

Abituriyentlarning qariyb 36 foizi o‘tish bahosini to‘play olmagan

2021 yilda qariyb 893 ming abituriyent OTMlarga imtihon topshirdi, ulardan 319 ming nafari (36% ga yaqini) 56,7 ball to‘play olmadi. Eng yomon ko‘rsatkichlar Qashqadaryo, Samarqand va Toshkent viloyatlarida qayd etildi.

«IKEA mebel fabrikasi loyihasi taklif sifatida aytilgan» — Davron Hidoyatov
16 sentabr 2021, 18:17

«IKEA mebel fabrikasi loyihasi taklif sifatida aytilgan» — Davron Hidoyatov

Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov prezidentga taqdim etilgan, biroq IKEA tomonidan rad etilgan mebel fabrikasi qurilishi loyihasi tadbirkorlar tomonidan taklif sifatida aytilganini ma’lum qildi. IKEA kompaniyasining Turkiyadagi vakolatxonasi bilan muzokaralar olib borilgan va tomonlar dastlabki kelishuvga erishgani bois taqdimotga kiritilgan.

AQSh, Avstraliya va Buyuk Britaniya mudofaa alyansini tuzishdi
16 sentabr 2021, 18:17

AQSh, Avstraliya va Buyuk Britaniya mudofaa alyansini tuzishdi

AQSh, Avstraliya va Buyuk Britaniya AUKUS mudofaa alyansi tuzilishini e’lon qilishdi. Pakt doirasida Avstraliya o‘z tarixida ilk bor atom suvosti kemalarini qurishga muvaffaq bo‘ladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting