16 sentabrda O‘zbekiston hududlari bo‘ylab 216 ming 245 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo‘llanildi. Ulardan:

  • 1-bosqich emlanganlar 60 674 nafarni,
  • 2-bosqich emlanganlar 106 157 nafarni,
  • 3-bosqich emlanganlar 49 414 nafarni tashkil qildi.

Ayni kungacha mamlakatda jami 17 mln 881 ming 943 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:

  • 1-bosqich emlanganlar 10 mln 276 ming 097 nafarni,
  • 2-bosqichda emlanganlar 5 mln 649 ming 580 nafarni,
  • 3-bosqich emlanganlar 1 mln 956 ming 266 nafarni tashkil qildi.

Shu kungacha to‘liq emlangan fuqarolar 3 mln 517 ming 178 nafarni yoki O‘zbekiston aholisining 10,04 foizini tashkil qilmoqda (Davlat statistika qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston aholisining soni 35 mln 020 ming 152 nafar). Bu ko‘rsatkich emlash rejalashtirilgan 21 mln 455 ming 214 kishining 16,39 foizini tashkil etadi.

Jami emlanganlarning yuqori ko‘rsatkichi Farg‘ona (2 mln 010 ming 745 doza), Namangan (1 mln 944 ming 244 doza) va Andijon (1 mln 942 ming 844 doza) viloyatlarida qayd etildi.

Ma’lumot uchun, 15 sentabrga qadar Isroilda 59,67%, AQShda 53,91%, Turkiyada 48,21%, Buyuk Britaniyada 64,66%, Rossiyada 27,49%, Qozog‘istonda 31,41 aholi koronavirusga qarshi to‘liq emlangan.

O‘tgan yilning noyabr oyida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Botirjon Qurbonov 2021 yilning iyungacha mamlakat aholisining 60 foizigachasini emlash rejalashtirayotganini ma’lum qilgan edi.

Avvalroq, 1 noyabrgacha O‘zbekiston aholisining 70 foizini koronavirusga qarshi emlash rejalashtirilayotgani haqida xabar berilgan edi.