Bo‘z tumani nomi Bo‘stonga o‘zgartirildi
12 oktabr 2019, 15:18

Bo‘z tumani nomi Bo‘stonga o‘zgartirildi

Senatorlar Andijon viloyatining Bo‘z tumani nomini Bo‘ston tumani deb o‘zgartirish taklifi bo‘yicha masalani ko‘rib chiqdi va ma’qulladi.

Buxoroda faoliyatini to‘xtatgan 6 000 dan ortiq tadbirkorlik sub’ektlari o‘z biznesini qayta boshladi
12 oktabr 2019, 15:14

Buxoroda faoliyatini to‘xtatgan 6 000 dan ortiq tadbirkorlik sub’ektlari o‘z biznesini qayta boshladi

Tadbirkorlar bilan tashkil etilgan uchrashuvlar va yaqindan yordam berilishi natijasida 6 000 dan ortiq tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyati qayta tiklandi. Viloyatdagi tadbirkorlik sub’ektlarining soni 52 900 dan ortdi.

Namangan va Andijon viloyatlarining ayrim tumanlar chegaralari o‘zgartiriladi
12 oktabr 2019, 15:05

Namangan va Andijon viloyatlarining ayrim tumanlar chegaralari o‘zgartiriladi

Senat yalpi majlisida Namangan va Andijon viloyatining ayrim shahar va tumanlari chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Habib Nurmagomedov noyabr oyida O‘zbekistonga keladi
12 oktabr 2019, 14:57

Habib Nurmagomedov noyabr oyida O‘zbekistonga keladi

Yengil vaznda UFC chempioni Habib Nurmagomedov 23 noyabr kuni O‘zbekiston tarixida ilk bor o‘tkaziladigan o‘tkaziladigan MMA turniri — GFC20da qatnashadi.

Yashil yo‘lakdan dron olib o‘tayotgan shaxs to‘xtatildi
12 oktabr 2019, 14:35

Yashil yo‘lakdan dron olib o‘tayotgan shaxs to‘xtatildi

Toshkent xalqaro aeroportiga xorijdan uchib kelgan fuqaroning yuklari orasidan deklaratsiyada ko‘rsatilmagan 1 dona uchuvchisiz uchish qurilmasi borligi aniqlandi.

Shavkat Mirziyoyev Turkiy tilli hamkorlik kengashi sammitida ishtirok etadi
12 oktabr 2019, 10:45

Shavkat Mirziyoyev Turkiy tilli hamkorlik kengashi sammitida ishtirok etadi

Bokuda Shavkat Mirziyoyev ishtirokida bo‘lib o‘tadigan Turkiy tilli hamkorlik kengashi sammitida O‘zbekiston tashkilotning to‘la huquqli a’zosi deb e’lon qilinadi.

O‘zbekiston Grenada bilan diplomatik aloqalarni o‘rnatdi
12 oktabr 2019, 10:40

O‘zbekiston Grenada bilan diplomatik aloqalarni o‘rnatdi

O‘zbekiston Grenada — Karib dengizidagi orol-davlat bilan diplomatik aloqalarni o‘rnatdi.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning MDHga raisligidagi ustuvor vazifalarni sanadi
11 oktabr 2019, 21:28

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning MDHga raisligidagi ustuvor vazifalarni sanadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda MDH sammitida O‘zbekistonning 2020 yilda Hamdo‘stlikka raisligida e’tibor qaratiladigan ustuvor vazifalarni sanab o‘tdi.

Samarqandda uchta bolalar bog‘chasi tarbiyalanuvchilari ovqatdan zaharlandi
11 oktabr 2019, 21:06

Samarqandda uchta bolalar bog‘chasi tarbiyalanuvchilari ovqatdan zaharlandi

Samarqandda uchta maktabgacha ta’lim tashkilotining 12 nafar tarbiyalanuvchisi ovqatdan zaharlandi. Har uchoviga ham bitta autsor oziq-ovqat yetkazib bergan.

Xronometraj: Kunlik tushum o‘rtacha 10,7 mlrd so‘mga oshdi
11 oktabr 2019, 18:22

Xronometraj: Kunlik tushum o‘rtacha 10,7 mlrd so‘mga oshdi

Toshkentdagi Qatortol savdo majmuasida o‘tkazilgan xronometraj ko‘zdan kechirish tadbirlari davomida kunlik tushum oldingi kunlarga qaraganda 3 barobarga, «O‘rikzor» bozorida esa 2 barobarga oshdi.

O‘zbekiston mudofaa vaziriga matbuot kotib tayinlandi
11 oktabr 2019, 18:11

O‘zbekiston mudofaa vaziriga matbuot kotib tayinlandi

Podpolkovnik Bahrom Zulfiqorov mudofaa vazirining matbuot kotibi — axborot siyosati bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi.

Uchta tuman yer osti suvlaridan tejab foydalanishga o‘tadi
11 oktabr 2019, 17:48

Uchta tuman yer osti suvlaridan tejab foydalanishga o‘tadi

Nurota, Qo‘shrabot va Zomin tumanlari yer osti suvlari zaxiralari qisqargani sababli ulardan tejab foydalanishga o‘tadi.

Senat yangi tahrirdagi Markaziy bank to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
11 oktabr 2019, 16:53

Senat yangi tahrirdagi Markaziy bank to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi

Senatorlar yangi tahrirdagi Markaziy bank to‘g‘risidagi qonunni ma’qullab, uning maqsadlari va vazifalarini kengaytirdi. Markaziy bank endilikda Senatga hisob beradi.

Qarshidagi tug‘uruq majmuasida bosh shifokor va 4 xodim vazifasidan ozod qilindi
11 oktabr 2019, 14:10

Qarshidagi tug‘uruq majmuasida bosh shifokor va 4 xodim vazifasidan ozod qilindi

Qarshidagi tug‘uruq majmuasida ta’magirlik holati aniqlanib, bosh vrachi, uch shifokor va hamshira vazifasidan ozod qilindi.

Toshkentda sambo bo‘yicha jahon chempionati start oldi
11 oktabr 2019, 12:54

Toshkentda sambo bo‘yicha jahon chempionati start oldi

Toshkentdagi «O‘zbekiston» sport majmuida boshlangan sambo bo‘yicha jahon chempionatida 50 dan ziyod davlatdan sambochilar qatnashmoqda.

Ayrim tayyor mahsulotlarning import boji stavkalari ko‘tarildi
11 oktabr 2019, 12:42

Ayrim tayyor mahsulotlarning import boji stavkalari ko‘tarildi

Prezident qaroriga muvofiq, 2020 yil 1 yanvardan boshlab qator tayyor mahsulotlarning import boji stavkalari ko‘tariladi.

Qimmatbaho chet el avtomobillari importidagi imtiyoz bekor qilinadi
11 oktabr 2019, 08:56

Qimmatbaho chet el avtomobillari importidagi imtiyoz bekor qilinadi

1 yanvarda joriy etilgan qimmatbaho chet el avtomobillari importidagi imtiyoz 2020 yildan bekor qilinadi. Dvigatel hajmiga ko‘ra hisob-kitob qilish tartibi qaytmoqda.

Transport vazirligi Myunxen xalqaro aeroporti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi
11 oktabr 2019, 08:46

Transport vazirligi Myunxen xalqaro aeroporti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi

Transport vaziri o‘rinbosari Germaniyadagi xalqaro ko‘rgazma doirasida Myunxen xalqaro aeroportining boshqaruvchi direktori Ralf Gaffal bilan muzokaralar olib bordi.

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligiga yangi rahbar tayinlandi
11 oktabr 2019, 08:34

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligiga yangi rahbar tayinlandi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasida boshqarma boshlig‘i bo‘lib ishlagan Elmurat Xaitmetov Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining direktori etib tayinlandi.

Shirinlik va shokolad uchun import bojlari oshiriladi
11 oktabr 2019, 08:27

Shirinlik va shokolad uchun import bojlari oshiriladi

1 yanvardan qandolat mahsulotlari va shokolad importi uchun bojxona boji stavkalari 30 foizgacha oshiriladi. Hozirda ular mos ravishda 20 va 15 foizni tashkil etadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting