Bugun va ertaga respublika hududi bo‘yicha quyoshli va juda iliq ob-havo saqlanib turadi. Kunduz kunlari harorat +35…+37 darajagacha ko‘tariladi. Bu ushbu kunlar me’yoridan +2…+4 darajaga yuqori bo‘ladi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.

O‘zbekistonning shimoliy chekka hududlariga bugundan boshlab Volga bo‘yi hududlaridan sovuq antitsiklon kirib kelishi boshlanadi. Shanba kuniga kelib, havo harorati +30…+33 darajagacha, Ustyurtda +23…+26 darajagacha pasayadi. Shimolda va cho‘l hududlarida shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

Yakshanba kunidan boshlab sovuq front kirib kelishida quruq va salqin havo O‘zbekistonning barcha hududiga tarqaladi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kunduz kuni +32…+35 darajagacha, Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida +22…+27 darajagacha pasayadi.

Keyingi haftaning boshida sovuq antitsiklon ta’siri kuchayadi. Butun hududda yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati barcha joylarda iqlimiy me’yorlargacha pasayadi, kechalari va ertalabki soatlarda +10…+13 darajani, kunduz kunlari +26…+29 darajani tashkil etadi.