Dushanbe shahriga tashrifning birinchi kungi dasturi doirasida prezident Shavkat Mirziyoyev Eron prezidenti Ibrohim Raisiy bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.

Savdo-iqtisodiy aloqalar sur’atini davom ettirish va yangi «o‘sish nuqtalari»ni aniqlash maqsadida qo‘shma Hukumatlararo komissiya ishini faollashtirishga kelishib olindi.

«Hamkorlik bo‘yicha qo‘shma komissiyani va xususiy sektor bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish iqtisodiy aloqalar va ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirlarni rivojlantirishda muhim samarali rol o‘ynashi mumkin», deya Ibrohim Raisiyning so‘zlarini keltiradi Eron prezidenti matbuot xizmati o‘z bayonotida.

Eron rahbarining so‘zlariga ko‘ra, hozirda Toshkent va Tehron o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarning darajasi siyosiy munosabatlarning darajasi bilan mos kelmaydi. «Eron Islom respublikasi qo‘shni mamlakatlakatlar bilan aloqalarning chuqurlashuvi doirasida O‘zbekiston bilan iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishdan manfaatdor» , — deb ta’kidladi u.

«Eron Islom respublikasi Afg‘onistonda barcha tomonlarni o‘z ichiga oladigan barcha guruhlar ishtirokidagi hukumat shakllanishini qo‘llab-quvvatlaydi, bu mamlakatda tinchlik va barqarorlik o‘rnatilishiga olib keladi», — dedi Eron prezidenti.

Ibrohim Raisiy Eronga nisbatan qo‘yilgan sanksiyalar mamlakat rivojlanishiga to‘sqinlik qilmasligini aytdi. O‘z navbatida, u mamlakat sanksiyalarni bekor qilishga harakat qilayotganligi ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoyev Ibrohim Raisiy bilan uchrashuvdan mamnun ekanligini izhor etdi. Prezident Eron rahbarining sud tizimidagi tajribasi va iqtisodiy korrupsiyaga qarshi samarali kurashini nazarda tutib «Biz sizning ushbu sohadagi tajribangizni qo‘llashdan xursand bo‘lamiz», — dedi.

O‘zbekiston rahbari ikkala mamlakatlar siyosiy munosabatlarni yaxshi tushunishini ta’kidladi. «Ikki mamlakatning umumiy sivilizatsiyasi va tarixi mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy va madaniy munosabatlarni rivojlantirishda muhim rol o‘ynashi mumkin», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Bundan tashqari, «yo‘l xarita»si asosida sanoat kooperatsiyasini kuchaytirish istiqbollari hamda ikki mamlakat tranzit salohiyatini samarali ishga solish imkoniyatlari vakolatli idoralar darajasida puxta o‘rganiladi. Shuningdek, prezident O‘zbekiston Eron bilan iqtisodiy aloqalarni, ayniqsa transport sohasida, kengaytirmoqchiligini, ta’kidladi. Shavkat Mirziyoyev «Shimol-Janub» koridorini, ayniqsa Choboxor portida, yanada faollashtirish kerakligini ta’kidladi.

Ibrohim Raisiy diniy ta’lim olgan, lekin keyinchilik huquq sohasida ishlay boshlagan. 1985 yilda u Tehron prokurorining o‘rinbosari bo‘lgan, to‘rt yildan keyin esa poytaxt prokuraturasiga rahbar etib tayinlangan. 2004 yilda Raisiy Eron prokurori o‘rinbosari lavozimini egalladi, 2014 yildan esa mamlakat bosh prokurori etib tayinlangan. 2019−2021 yillarda Eron Oliy sudining raisi bo‘lgan.

2021 yil iyun oyida Raisiy Eron prezidenti etib saylandi. U saylovoldi dasturida kambag‘allik va korrupsiyaga qarshi kurashishni, to‘rt yil ichida 4 mln yangi qurishni va «kuchli Eron uchun xalq hukumati»ni qurishni va’da qilgan edi.

Meduza ma’lumotlariga ko‘ra, Raisiy G‘arb bilan munosabatlarda qattiq pozitsiyani ushlovchi konservatorlar vakili hisoblanadi. Uning saylanish AQSh bilan yadroviy qurollar bo‘yicha kelishuvning tiklanishini qiyinlashtirishi mumkin, deyiladi xabarda. Raisiy Eron Oliy sudining raisi sifatida ikki yil AQSh sanksiyalari ostida bo‘lgan.

RBK yozishiga ko‘ra, xalqaro inson huquqlari tashkilotlari uni 1988 yilda Eron rejimining raqiblarini ommaviy qatl qilishda ayblaydi.